Suvaraklar (Blattoptera) — hasharotlar turkumi. Uzunligi 4—95 mm. Oldingi koʻkrak boʻgʻimi boshini qisman yopib turadi. Moʻylovlari uzun, qilsimon, koʻp boʻgʻimli. Ogʻiz organlari kemiruvchi. Qanotlari pardasimon, oldingi qanotlari nisbatan qalin. Bir qancha turlarining qanoti rivojlanmagan yoki boʻlmaydi. Oyoqlari yuguruvchi. Erkaklari qorin boʻshligʻida hid bezlari boʻladi. Chala oʻzgarish orqali rivojlanadi. 3600 ga yaqin turi bor; asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. S. — tungi, yashirin hayot kechiradigan hasharotlar. Oʻsimlik qoldiqlari orasida, toshlar ostida, yerdagi yoriqlarda yashaydi. Tuxumlarini maxsus kapsula — ootekaga qoʻyadi, 3—4 oydan 3— 4 yilgacha rivojlanadi. Hamma narsani yeyaveradi. Qora suvarak va sariq suvarak sinantrop boʻlib, Yer yuzining hamma joyida xonadonlarda yashaydi. S uyda oziq zaxiralari, xona oʻsimliklari, kitoblarga va teridan tikilgan kiyimlarga ziyon keltirishi, ichburugʻ bakteriyalarini va gelmintlar tuxumlarini tarqatishi mumkin. Oʻzbekistonda S.ning 30 ga yaqin turi, jumladan, xonadonlarda 2 turi (sariq suvarak va qora suvarak) tarqalgan.

1. Suvaraklar yer yuzida bundan 500 million yil oldin paydo bo’lgan.

2. Dunyoda suvaraklarning 4600 tadan ortiqroq turi bor.

3. Suvaraklarning eng yaqin qarindoshi sifatida termitlar tilga olinadi.

4. Suvaraklarning ayrim turlari uchishni ham qoyillatadi.

5. Dunyodagi eng yirik suvarak Avstraliyada yashovchi suvarak-burunshox hisoblanadi. Uning uzunligi 8-9 sm ga teng va agar birov o’ldirib qo’ymasa, 10 yilgacha umr ko’radi.

6. Madagaskar suvaraklarini uy hayvoni o’rnida saqlashadi.

7. Dunyo miqyosida suvaraklar poygasi musobaqalari 19-asrdan beri muntazam o’tkazib kelinadi.

8. Aytishlaricha, suvaraklar hatto yadroviy urushdan keyin ham yashab qola oluvchi yagona jonzot hisoblanarkan.


9. Xitoyda suvaraklar maxsus yetishtirilib, restoranlarda ulardan delikates taomlar tayyorlanadi.

10. Suvarak chalqancha yotqizib qo’yilsa, o’zi mustaqil tarzda qaddini rostlab ololmaydi.

11. Katta shaharlardagi ko’p qavatli uylarning har birida taxminan 1000 dan 3000 tagacha suvarak yashaydi.

12. Suvarakning boshi kesib olinsa ham kamida ikki hafta yashab qola biladi.

13. Suvarak xavfli infeksiyalarni tashuvchi eng zararli qumursqalar sirasiga kiradi.

14. Suvaraklar tungi qumursqaligiga qaramay, kunduzgi yorug’likdan qo’rqmaydi. Lekin odamlardan o’lgudek qo’rqishadi.

15. Suvarak juda tez chopadi. Bir soniyada u 85 santimetr masofani bosib o’ta oladi. Yana bir marazlarcha qobiliyati shundaki, odam o’ldirish uchun kelayotganini o’n metr uzoqlikdan seza oladi va agar devorning yuqori qismida bo’lsa ham pastga sakrab qochadi. Sakrash natijasida tanasiga umuman ziyon yetmaydi.