Suvga sakrash 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida – ayollar oʻrtasida 3 metrlik tramplindan sakrash

2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 3 metrga tramplindan suvga sakrash boʻyicha musobaqa 2024-yilning 7-9-avgust kunlari Parij suv sporti markazida boʻlib oʻtgan[1]. Bu musobaqa 1908-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan beri har Olimpiada oʻyinlarida oʻtkazilmoqda.

Ayollar oʻrtasida 3 metrlik tramplindan sakrash
XXXIII Olimpiada oʻyinlarida
ArenaParis Aquatics Centre
Sana7-avgust 2024
(Daslabki)
8-avgust 2024
(Yarim final)
9-avgust 2024
(Final)
Ishtirokchilar28 ishtirokchi 19 davlatdan 
Winning total376.00
Medalchilar
1st Chen Yiwen  Xitoy
2nd Maddison Keeney  Avstraliya
3rd Chang Yani  Xitoy
← 2020
2028 →

Musobaqa formati

tahrir

Musobaqa uch bosqichda oʻtkazilgan:

  • Dastlabki bosqich: Barcha gʻavvoslar besh martadan shoʻngʻishni amalga oshirishgan; eng yaxshi 18 nafar shoʻngʻuvchi yarim finalga yoʻl olgan.
  • Yarim final: Dastlabki bosqichdagi ballar nollashtirilgan. Qolgan 18 nafar gʻavvos besh martadan shoʻngʻishni amalga oshirgan va eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etgan 12 nafar gʻavvos finalga yoʻl olgan.
  • Yakuniy bosqich: Yarim final ballari nollashtirilgan. Yakuniy bosqichga yetib kelgan 12 nafar gʻavvos besh martadan shoʻngʻishni amalga oshirgan va eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etgan uch nafar gʻavvos mos ravishda oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

Jadval

tahrir

Barcha vaqtlar Markaziy Yevropa vaqti (UTC+1) bilan koʻrsatilgan

Sana Vaqt Bosqich
7-avgust 2024 15:00 Dastlabki
8-avgust 2024 15:00 Yarim final
9-avgust 2024 15:00 Final

Saralash

tahrir

Ayollar oʻrtasida 3 metrga tramplindan sakrash musobaqasi uchun saralash oʻrinlari quyidagi tartibda boʻlib oʻtgan[2]:

  • 2023-yilgi Jahon chempionati: Har bir alohida musobaqaning eng yaxshi oʻn ikki finalchisi Yaponiyaning Fukuoka shahrida 14-30-iyul kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan suv sporti boʻyicha 2023-yilgi Jahon chempionatida oʻz MOQlari uchun kvota olish huquqini qoʻlga kiritgan.
  • Qitʼa saralash turnirlari: Har bir alohida tadbirning gʻoliblari Xalqaro suzish federasiyasi tomonidan tasdiqlangan beshta qitʼa uchrashuvlaridan birida (Afrika, Amerika, Osiyo, Yevropa va Okeaniya) oʻz MOQlari uchun kvota olish huquqini qoʻlga kiritgan.
  • 2024-yilgi jahon chempionati – saralash huquqiga ega boʻlgan oʻn ikkita eng yuqori reytingli gʻavvoslar 2-18-fevral kunlari Qatarning Doha shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan 2024-yilgi FINA jahon chempionatida ikki ishtirokchi har bir alohida musobaqada oʻz MOQlari uchun kvotalarni qoʻlga kiritgan. Bunda umumiy kvota 136 dan oshmaslik talabi qoʻyilgan.
  • Qayta taqsimlash – 2024-yilgi suv sporti boʻyicha Jahon chempionatida oʻzlarining tegishli individual musobaqalarida oʻn uchinchi va undan yuqori oʻrinlarni egallagan gʻavvoslarga umumiy kvota 136 taga yetgunicha qoʻshilishlari uchun qoʻshimcha joy ajratilgan.
  • Mezbon davlat – Fransiya mezbon davlat sifatida alohida shoʻngʻish musobaqalari boʻyicha taqsimlanadigan toʻrtta ayollar oʻrinlarini oʻzida saqlab qolgan.

Natijalar

tahrir

Musobaqaga 19 davlatdan 28 nafar gʻavvos yoʻllanma olgan va bahslarda ishtirok etgan[3].

oʻrin Gʻavvos Millat Dastlabki Yarim final Final Umumiy
Ball Oʻrin Ball Oʻrin 1-shoʻngʻish 2-shoʻngʻish 3-shoʻngʻish 4-shoʻngʻish 5-shoʻngʻish
  Chen Yiwen   Xitoy 356.40 1 360.85 1 70.50 76.50 75.00 77.50 76.50 376.00
  Maddison Keeney   Avstraliya 337.35 2 334.70 2 67.50 67.50 55.50 74.40 78.20 343.10
  Chang Yani   Xitoy 308.75 4 320.15 4 42.00 69.75 67.50 75.00 64.50 318.75
4 Chiara Pellacani   Italiya 297.70 7 324.75 3 52.50 63.00 65.10 66.00 63.00 309.60
5 Yasmin Harper   Buyuk Britaniya 295.75 9 278.90 12 63.00 58.50 63.00 55.50 65.10 305.10
6 Alejandra Estudillo   Meksika 276.45 17 317.05 5 58.50 60.45 57.00 66.00 60.00 301.95
7 Saskia Oettinghaus   Germaniya 279.35 15 286.75 9 60.00 58.50 57.35 63.00 58.50 297.35
8 Valeria Antolino   Ispaniya 297.70 7 284.25 10 60.00 60.45 63.00 51.00 58.50 292.95
9 Emilia Nilsson Garip   Shvetsiya 295.20 10 279.60 11 60.00 54.25 54.00 52.65 58.50 279.40
10 Grace Reid   Buyuk Britaniya 303.25 5 290.05 7 58.50 41.85 54.00 55.50 66.00 275.85
11 Julia Vincent   Janubiy Afrika 283.50 13 297.30 6 54.00 67.50 66.00 38.75 45.00 271.25
12 Nur Dhabitah Sabri   Malayziya 283.65 12 286.95 8 63.00 60.00 37.50 28.50 55.80 244.80
13 Kim Su-ji   Janubiy Koreya 285.50 11 272.75 13 Finalga oʻta olmagan
14 Alysha Koloi   Avstraliya 276.60 16 270.60 14 Finalga oʻta olmagan
15 Anisley García   Kuba 272.40 18 264.90 15 Finalga oʻta olmagan
16 Aranza Vázquez   Meksika 321.75 3 248.20 16 Finalga oʻta olmagan
17 Elena Bertocchi   Italiya 282.30 14 245.10 17 Finalga oʻta olmagan
18 Haruka Enomoto   Yaponiya 299.10 6 244.20 18 Finalga oʻta olmagan
19 Sarah Bacon   AQSh 264.40 19 Yarim finalga oʻta olmagan
20 Jette Müller   Germaniya 262.85 20 Yarim finalga oʻta olmagan
21 Sayaka Mikami   Yaponiya 258.35 21 Yarim finalga oʻta olmagan
22 Margo Erlam   Kanada 258.30 22 Yarim finalga oʻta olmagan
23 Helle Tuxen   Norvegiya 257.10 23 Yarim finalga oʻta olmagan
24 Maha Amer   Misr 250.20 24 Yarim finalga oʻta olmagan
25 Prisis Ruiz   Kuba 239.85 25 Yarim finalga oʻta olmagan
26 Elizabeth Roussel   Yangi Zelandiya 233.70 26 Yarim finalga oʻta olmagan
27 Viktoriya Kesar   Ukraina 217.75 27 Yarim finalga oʻta olmagan
28 Alison Gibson   AQSh 198.30 28 Yarim finalga oʻta olmagan

Manbalar

tahrir
  1. „Paris2024 schedule“. Paris2024. Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
  2. „Paris 2024 – Diving Info“. World Aquatics (2022-yil 5-aprel). Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  3. „Diving at the Paris 2024 Olympic Games | Confirmed Athletes“ (en). World Aquatics (2024-yil 9-iyul). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.