Aleksandr Suvorov
Aleksandr Vasilyevich Suvorov (1729.13.11, Moskva 1800.6.5, Peterburg) — rus sarkardasi, generalissimus (1799). Dvoryan oilasida tugilgan. Otasi — Vasiliy Ivanovich (1705—75) general, senator va generalgubernator l boʻlgan. Harbiy xizmatni kaprallikdan boshlagan (1748). 1774-yil avgustda u Ye. I. Pugachyov boshchiligidagi qoʻzgʻolonni bostirish uchun Uralga yuborilgan. Yetti yiyalik urush qatnashchisi, rus turk urushlari (1768 —74 va 1787—91) da bir necha gʻalabaga erishgan va Izmail qalʼasini qattiq hujum bilan egallagan (1790). Polsha qoʻzgʻoloni (1794)ni bostirgan qoʻshinlarga qoʻmondonlik qilgan. Pavel I taxtga chiqqandan soʻng armiyada S. nazariyasiga zid boʻlgan pruss harbiy ustavlari, formasi va tartibi joriy qilingan. 1797Y. S. isteʼfoga chiqarilgan. 1798-yil Rossiya fransuzlarga qarshi ittifoqqa qoʻshiladi. Avstriya hukumati Pavel I oldiga S.ni Italiyadagi ittifoqchi qoʻshinlarga bosh qoʻmondon etib tayinlash masalasini qoʻyadi. Pavel I noiloj rozi boʻladi. 1799-yilda Adda va Trebbiya daryolari boʻyida va Novi sh. yaqinida fransuz qoʻshinlarini tormor keltirib, Italiya va Shveysariyaga qilingan harbiy yurishlarni muvaffaqiyat bilan yakunlagan, soʻngra Shveysariya Alpidan oshib oʻtib, qurshovdan chiqib ketgan. S. "Polktuzish", "Gʻalaba ilmi" kabi harbiynazariy asarlar muallifi. Urush olib borish, jang qilish usullari, qoʻshinni tarbiyalash va oʻqitish masalalari haqida oʻz davriga nisbatan ancha original va ilgʻor fikrlar sistemasini yaratgan. S. strategiyasi hujumkor harakterda boʻlib, dushmanni jang maydonida butunlay tormor qilishni asosiy maqsad qilib koʻygan. Kolonnalar va yoyiq saf taktikasini rivojlantirgan, aqidaparastlik va eskilikka qarshi kurashgan. Sobiq SSSRda 1942-yil 29 iyulda Suvorov ordeni taʼsis etilgan va 1943-yil 21 avgustda Suvorov bilim yurtlari tashkil etilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Ochakov, Izmail, Kiyev va boshqa shaharlarda muzeylar ochilgan va haykallari oʻrnatilgan. Bir qancha aholi punktlari S. nomi bilan atalgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |