Suzuvchi orol
Suzuvchi orol yoki île flottante beze va ingliz kremidan tashkil topgan fransuzcha desertdir.
Turi | Desert |
---|---|
Asosiy komponentlari | beze (tuxumning oqi, shakar va sut) |
Beze suv hammomida pishiriladi va ingliz kremi qatlamida tortiladi, natijada desert haqiqatan ham krem dengizida suzuvchi orolga oʻxshaydi.[1][2] U karamel, bodom boʻlaklari, maydalangan praline yoki limon qobigʻi bilan bezatilishi mumkin.[1]
„Suzuvchi orol“ga oʻxshash desert boʻlmish qorchalar (fransuzcha: œufs à la neige) shakar kukuni va limon kislotasi bilan aralashtiriladigan koʻpirtirilgan tuxum oqsilidan tayyorlanadi, qoshiq bilan sharik yoki pilakchalar shaklida kesiladi va 3-5 daqiqa davomida suv yoki sutda qaynatiladi. Tayyor qorchalar kapgir bilan olinadi va suvi toʻkib tashlanadi, soʻngra shirinlik yoki salat idishlarida vanil yoki meva qaylasi bilan servirovka qilinadi.[3][4]
Desertning ikkala navi ham Fransiya va AQShda mashhurdir.[5] Soʻrovlarga koʻra, „suzuvchi orol“ fransuzlarning sevimli desertlaridan biri.[6][7]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Larousse gastronomique 2007.
- ↑ „Larousse“ gastronomik entsiklopediyasi 2011, s. 374.
- ↑ Les produits laitiers.
- ↑ „Œufs à la neige“. Larousse Cuisine. Qaraldi: 2018-yil 23-fevral.
- ↑ Joy of cooking 1997.
- ↑ „Desserts préférés des Français : les tops et les flops“. Leparisien.fr. Qaraldi: 2018-yil 23-fevral.
- ↑ „Les desserts préférés des Français“. Arts & Gastronomie. 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-fevral.
Adabiyotlar
tahrir- Le Grand Larousse gastronomique. Larousse, 2007 — 465-bet. ISBN 978-2-03-582360-1.
- Irma S. Rombauer, Marion Rombauer Becker, Ethan Becker, Maria Guarnaschelli. Joy of cooking. Simon and Schuster, 1997 — 1035-bet.
- Абатуров П. В., Цыплёнков Н. П.. Сладкие блюда, напитки. Госторгиздат, 1959 — 75—76-bet.
Havolalar
tahrir- „Œufs à la neige ou îles flottantes ? Les deux !“ (fr). Les produits laitiers. Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.[sayt ishlamaydi]