Marovich Svetozar (1955.31.3, Kotor) — Serbiya va Chernogoriya davlat arbobi. Podgoritsa universitetini tugatgan. 1990-yilgacha Chernogoriya sopialistik yoshlar ittifoqi raisi boʻlib ishlagan, Chernogoriya kommunistlar ittifoqi MK prezidiumi tarkibida boʻlgan; Chernogoriya mustaqilligini yoqlab chiqqan Chernogoriya sotsialistlarining demokratik partiyasi asoschilaridan biri. 1990 yil Chernogoriya parlamentiga saylangan. 1994 — 2001 yillarda uch marta Chernogoriya parlamenti spikeri etib saylangan. 1999 — 2003 yillarda Chernogoriya parlamentida tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar qoʻmitasi raisi, 2003-yil 7-martdan Serbiya va Chernogoriya prezidenti[1].

Manbalar

tahrir

Andoza:Serbiya Prezidentlari