Sveyg Arnold
SVEYG (Zweig) Arnold (1887.10.11, Gros-Glogau, Polsha 1968.26.11, Berlin) - nemis yozuvchisi va jamoat arbobi. 1907—15 yillarda Broslau, Myunxen, Berlin universitetlarida oʻkigan. 1933-yildan antifashist sifatida muhojirlikda, 1948-yildan Berlinda yashagan. "Klavdiya haqidagi novellalar" (1912) romanida, hikoyalar, kissalar, dramalarida anʼanaviy realizm va modernizm belgilari kuzatiladi; romanda sanʼat bilan voqelik, ijod bilan pul hukmronligi orasidagi ziddiyat tasvirlanadi. "Oq odamlarning katta urushi" ijtimoiy-psixologik epopeyasi (6 romandan iborat, 1927—57), jumladan, "Unter Grisha haqidagi mojaro" (1927), "Verdenda olingan tarbiya" (1935) romanlari 1913—18 yillar voqealarini qamrab olgan va "kichik odam"ning urush paytidagi muammolariga bagʻishlangan. Shu turkumdagi "Vandsbek boltasi" (1943, ivrit tilida) romanida esa fashizmga xizmat qilgan nemis mayda burjua tabaqalarining axloqiy tubanliklari fosh etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |