Türkan Saylan
Türkan Saylan (13-dekabr 1935-yil; 18-may 2009-yil) – turk shifokori, dermatologi, akademik, yozuvchi, pedagog va jamoat arbobi. Türkan Saylan „zamonaviy hayotni qoʻllab-quvvatlash assotsiatsiyasi“ (turkcha: Çağdaş Yaşamı Destekleme Derneği, ÇYDD)[1] xayriya jamgʻarmasining asoschisi sifatida tanilgan.
Türkan Saylan | |
---|---|
Tavalludi | 13-dekabr 1935 |
Vafoti | 18-may 2009 |
Fuqaroligi | Turkiya |
Faoliyati
tahrir- 1944-yildan 1946-yilgacha u Kandilli shahridagi boshlangʻich maktabida oʻqigan.
- 1963-yilda Istanbul tibbiyot maktabini tamomlagan.
- 1964-yildan 1968-yilgacha Nishantashidagi teri kasalliklariga ixtisoslashgan ijtimoiy xavfsizlik kasalxonasida ishlagan.
- 1968-yilda Istanbul universitetining tibbiyot fakultetida dermatologiya mutaxassisligi boʻyicha katta assistent boʻlib ishlay boshlagan.
- 1972-yilda oʻqituvchi, 1977-yilda esa professor boʻlgan.
- 1976-yilda moxovga qarshi kurashni boshladi va Moxovga qarshi assotsiatsiyaga asos solgan.
- 1976-yilda Xalqaro Moxov Ittifoqining (XMI) asoschilaridan biri boʻlgan.
Türkan Saylan 2009-yilning 18-may kuni vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Türkan Saylan“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |