Türkmen Owazy (Turkman ovozi) — Turkmanistonning musiqiy telekanali. 2009-yil 1-yanvardan boshlab[2] „TürkmenÄlem 52°E“ sunʼiy yoʻldoshi orqali kunu-tun rejimida uzatila boshlagan. Turkmaniston televideniyesining beshinchi telekanalidir. Efir turkman tilida olib boriladi.

Türkmen Owazy
„Türkmen owazy“ teleradioýaýlymy
Mamlakat Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
Namoyish vaqti tunu-kun
Namoyish hududi Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
Til(lar)i turkmancha
Boshqaruv markazi Ashxobod
Tasvir formati 16:9
Mazmuni musiqiy kanal
Efirga chiqqan 2009-yil 1-yanvar
Rahbarlari Kerwen Aýdogdyýew[1]
Sayt http://turkmentv.gov.tm/page/12

Telekanal shtab kvartirasi Ashxobod shahrida joylashgan. Telekanal Turkmaniston televideniyesi Bosh direksiyasi tomonidan tashlik etilgan boʻlib, Turkmaniston Davlat televideniye, radiouzatish va kinematografiya qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadi. Telekanal turkmanistonlik baxshilar, musiqachilar va qoʻshiqchilarining eng yaxshi ijod namunalarini ommalashtirish va turkman sanʼatkorlari erishayotgan yutuqlarni dunyo hamjamiyatiga koʻrsatish maqsadida ochilgandir[3].

Tarixi

tahrir

2008-yil 17-dekabrda Vazirlar Mahkamasi yigʻilishida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov „Türkmen Owazy“ nomli yangi telekanal tashkil etilishi toʻgʻrisidagi farmoyishga imzo chekdi[3]. 2009-yil 1-yanvardan boshlab efirga uzatishni boshlagan.

Manbalar

tahrir