TBC Bank (Oʻzbekiston)
TBC Bank — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banki[3]. Gruziyaning TBC Bank Group PLC kompaniyasi shuʼba bankidir[4]. Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bank[5][6].
TBC Bank | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | AJ |
Shiori | "Hayotingizni osonlashtiramiz"[2] |
Litsenziyasi | №86 2020-yil 11-aprel[1] |
Asos solingan | 2020-yil oktyabr |
Rahbariyat | Spartak Tetrashvili[1] |
Boshqaruvchi jamiyati | TBC Bank Group PLC (Gruziya) |
Sayti | https://tbcbank.uz/uz |
Bank 2020-yil aprel oyida Markaziy bank litsenziyasini oldi va 2020-yil oktyabr oyida TBC Groupga tegishli boʻlgan va mobil ilova orqali chakana bank xizmatlarini taklif qiluvchi Space innovatsion fintech platformasi asosida tijorat faoliyatini boshladi. 2022-yilning iyul oyigacha bankning TBC UZ ilovasini 2,4 milliondan ortiq kishi yuklab olgan. Ayni paytda bank O‘zbekistonning to‘qqiz shahridagi o‘nta yangi avlod shou-rumlari va respublika bo‘ylab 33 ta „mijozlarni faollashtirish punktlari“ orqali o‘z faoliyatini olib bormoqda[7].
Tarixi
tahrirBankning muassisi Gruziyaning TBC Bank Group PLC kompaniyasiga kiruvchi TBC Bankidir. Gruziyaning TBC Banki Oʻzbekiston moliya bozoriga oʻzing raqamli banki bilan kirishni rejalashtirayotgani 2019-yilning yanvar oyida maʼlum boʻldi. Oʻsha yilning aprel oyida bank Payme toʻlov xizmatining 51 % aksiyalarini 5,5 million dollarga sotib oldi[8]. TBC Bank Oʻzbekistonda faoliyatini 2020-yil oktyabr oyida boshladi[9]. Va Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bankka aylandi. Oʻsha yili yana bir raqamli bank — Anorbank ham tashkil qilindi[10].
2021-yilning sentyabr oyida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tashkilotlarinig har biri bankning 20 % dan aksiyasini 9,4 million dollarga sotib olgani maʼlum boʻldi. Kelishuvga koʻra tashkilotlar 2022-2024-yillarda qoʻshimcha investitsiya kiritishi koʻzda tutilgan[11].
2022-yilning avgust oyida bank oʻz aksiyadorlaridan umumiy 35,1 million dollar miqdorida qoʻshimcha investitsiya olgani maʼlum boʻldi. Summaning asosiy qismi — 21,1 million dollarni Gruziyaning TBC Bank Group kompaniyasi, qolgan qismni esa Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tashkilotlarining har biri 7 million dollardan taqdim qilishdi[12].
TBC Bank raqamli bank boʻlgani uchun xizmatlarini asosan mobil ilova orqali taqdim qiladi. Hozirda ilova orqali quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin: onlayn-mikroqarzlar, omonatlar, bank kartalarini ochish, toʻlovlar va kartadan-kartaga pul oʻtkazmalari.
Aksiyadorlari
tahrir2022-yil sentyabr holatiga bank aksiyalari uchta tashkilotga tegishli. Bular: TBC Bank Group PLC (60 %), Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (20 %) va Xalqaro moliya korporatsiyasi (20 %)[4].
Mukofotlari
tahrirGlobal Economics tomonidan bankka „2021-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi raqamli banki“ unvoni taqdim qilingan[13].
Rasmiy ilovasi
tahrirBankning rasmiy ilovasi — TBC UZ, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „TBC Bank O'zbekiston - Depozit.uz“ (2022-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ „TBC O'zbekistondagi raqamli birinchi bank“ (2022-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ „TBC Bank aksiyadorlik tijorat banki - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki“ (2022-yil 23-iyul). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 „"TBC Bank" aksiyadorlik tijorat banki“ (2022-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „TBC Bank стал партнером TAF!21 – Газета.uz“ (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ „Depozit.uz va TBC Bank o'rtasida hamkorlik o'rnatildi!“ (2021-yil 4-mart). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ „TBC Bank Uzbekistan привлек 35,1 млн долларов дополнительного капитала“ (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ „51% акций Payme приобрел грузинский TBC Bank“ (2019-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ „TBC Bank получил лицензию в Узбекистане“ (2020-yil 20-aprel). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ „O‘zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari“ (2021-yil 26-iyul). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ „ЕБРР и МФК покупают доли в TBC Bank в Узбекистане“ (2021-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ „ЕБРР и МФК выделили банку TBC Uzbekistan ещё по $7 млн инвестиций“ (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ „«Новая глава в истории» — TBC Bank об итогах в Узбекистане за 2021 год“ (2022-yil 14-aprel). Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.