TXT
TXT (koreyscha: 투모로우바이투게더; oʻzbekcha: Ertaga va Birgalik; TOMORROW X TOGETHER soʻzining qisqartmasi) — 2019-yilda BIGHIT MUSIC kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning oʻgʻil bolalar guruhi. Guruh besh kishidan iborat: Soobin, Yeonjun, Beomgyu, Taehyun va Huening Kai. Guruh 2019-yil 4-martda „Dream Chapter: Star“[1][2] mini albomi bilan debyut qilgan. Guruhning tijoriy muvaffaqiyati aʼzolarga bir nechta „Yilning eng yaxshi yangi ijrochisi“ mukofotlarini, jumladan, Golden Disk Awards va Melon Music Awards 2019 da „Yilning yangi ijrochisi“, Gaon Chart Music Awards marosimida „Yilning yangi artisti — Albom“ mukofotlarini qoʻlga kiritgan.
TOMORROW XTOGETHER TXT | |
---|---|
TXT 2019-yil avgustida Chapdan oʻngga: Taehyun, Yeonjun, Beomgyu, HueningKai va Soobin | |
Umumiy maʼlumot | |
Janrlar | K-pop, Pop, Hip-hop |
Faoliyat yillari | 4-mart, 2019-yil | - hozirgacha
Leybllar | BIGHIT MUSIC |
Aʼzolar |
|
Veb-sayt | txt.ibighit.com |
Nomlanishi
tahrirGuruhning nomi „Tomorrow X Together“[3] ning qisqartmasi. Koreys tilida bu nom „투모로우바이투게더“ kabi koʻrinishda boʻlib, „ertaga birga“ degan maʼnoni anglatadi (inglizcha: Tomorrow X Together). „Big Hit Entertainment“ga koʻra, guruh nomi barcha aʼzolarning „yangi ertangi kunni qurish umidida umumiy orzu bilan birlashish“ gʻoyasini aks ettiradi[4]. Shuningdek, bu nom barcha aʼzolar turli xil shaxslar ekanligi, lekin ular birgalikda sinergiya hosil qilishi haqidagi fikrni aks ettiradi.
Faoliyati
tahrirDebyut oldidan
tahrirYangi oʻgʻil bolalar guruhining debyuti rejalari „Big Hit Entertainment“ kompaniyasi asoschisi Bang Si Hyuk tomonidan 2017-yilda ommaga oshkor qilingan edi[5]. Rasman guruhning yaratilishi 2018-yilning noyabrida eʼlon qilingan, biroq debyutning oʻzi 2019-yilning boshiga moʻljallangan. Guruh olti aʼzodan iborat boʻlishi va debyuti mart oyiga qoldirilgani mish-mishlar tarqalgandan soʻng, agentlik bu maʼlumotni rad etgan[6][7][8]. 2019-yil 10-yanvarda „TXT“ guruhi oʻzining veb-sayti[9] orqali rasman taqdim etildi. Keyingi oʻn kun ichida vebsaytga har bir aʼzoning intro videolari yuklangan[10]. Oxirgi videoda guruhning yakuniy tarkibi koʻrsatilgan tizer eʼlon qilingan: Yeonjun, Soobin, Beomgyu, Taehyun va Huening Kai[11].
2019: „The Dream Chapter: Star“ va studiya albomi „The Dream Chapter: Magic“ bilan debyut
tahrir7-fevral kuni Big Hit rasmiy debyut sanasini 4-mart deb tasdiqlagan. Debyut shousi „Mnet“ telekanalida efirga uzatilgan. Debyut konserti 5-mart kuni „Yes24 Hall“ telekanalida efirga uzatilgan. 21-fevral kuni boʻlajak albom[12] uchun trek roʻyxati eʼlon qilingan. 26-fevralda „어느날 머리에서 뿔이 자랐다 (CROWN)“[13] klipining birinchi tizeri chiqqan. Uch kun ichida (19 — 22-fevral) nashr qilinmagan albomning 100 000 dan ortiq nusxasiga oldindan buyurtma berilgan[14]. 12-mart kuni, debyutidan sakkiz kun oʻtgach, „TXT“ „The Show“ dasturida birinchi mukofotini olgan. Albomi chiqqanidan bir hafta oʻtgach, guruh Billboard Emerging Artists, World Albums va World Digital Song Sales chartlarida 1-oʻrinni egallagan. 24-aprel kuni „Cat & Dog“ qo‘shig‘ining klipi taqdim etilgan. 3-may kuni „Cat & Dog“ ning inglizcha versiyasi klip bilan birga chiqqan[15]. 25-aprel kuni guruhning fan-klub nomi „YOUNG ONE“ ekanligi eʼlon qilingan. Biroq, fan-klub nomi qoʻshiqchi Tiffanyniki bilan bir-xil boʻlib qolgani uchun bekor qilingan. Fan-klubning „MOA“ rasmiy nomi keyinroq 22-avgust kuni eʼlon qilingan. Bu „Moments of Alwaysness“ (Abadiyat lahzalari) degan maʼnoni anglatadi. Guruh Twitter’da shunday deb yozdi: „Har doim va abadiy, TOMORROW X BIRGADA va muxlislar birga o‘tkazadigan har bir lahza, TXT va ularning MOA muxlislari bitta orzuni yaratish uchun bir-birlarining orzularidan parcha yig‘ib olishadi“.
9-may kuni guruh New-Yorkda „Tomorrow x Together Showcase: Star in US“ gastroli doirasida namoyish oʻtkazdi. New-Yorkdan tashqari, guruh yana 5 ta shaharga tashrif buyurdi: Chicago, Orlando, Atlanta, Dallas va Los Anjeles. Tur 9-maydan 24-maygacha davom etdi[16]. 2019-yil 8-avgustda „Big Hit Entertainment“ kompaniyasi dastlab avgust oyida yangi albom chiqarishni rejalashtirganliklarini eʼlon qilgan, biroq guruh aʼzosiSoobinga yuqumli konʼyunktivit tashxisi qoʻyilgani va Yeonjun bel ogʻrigʻidan aziyat chekkanligi sababli, u sentyabrga surilgan[17]. 20-avgust kuni Big Hit Taehyung va Hyuning Kayga ham konʼyunktivit tashxisi qoʻyilganini eʼlon qilgan, bu esa albomning chiqarilish sanasini sentyabrdan oktyabr oyiga oʻzgartirgan[18]. 2019-yil 21-oktabrda „TXT“ "The Dream Chapter: Magic" nomli birinchi studiyaviy albomini chiqardi.
2020-2021: Yaponiya debyuti, „The Dream Chapter: Eternity, Minisode1: Blue Hour, Still Dreaming“ va „The Chaos Chapter: Freeze“
tahrir2020-yil 15-yanvarda „TXT“ Yaponiyada „Run Away“, „Crown“ va „Angel or Devil“ qoʻshiqlarining yaponcha versiyalari mavjud boʻlgan „Magic Hour“ singli bilan debyut qilgan. Singl Oricon Daily Chartda birinchi oʻrinda va Oricon Weekly Singles Chartda ikkinchi oʻrinda debyut qildi[19]. 19-yanvar kuni guruhning debyuti Yaponiya televideniyesi „TV Asahi Music Station“ telekanalida eʼlon qilingan. 24-yanvar kuni ular „Run Away“ ning yaponcha versiyasini ijro etishgan; „TXT“ 2020-yilda shouda ishtirok etgan birinchi koreys guruhi edi. „Magic Hour“ 100 000 nusxada sotilgani uchun Yaponiya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAJ) tomonidan oltin sertifikatga ega boʻldi. 27-aprel kuni guruh „The Dream Chapter: Eternity“ nomli yangi mini-albomi, „Canʼt You See Me?“ bosh singli bilan qaytishi eʼlon qilingan. Albom oʻzining birinchi haftasida 181 000 nusxadan koʻproq sotilgan va Gaon albomlar jadvalida ikkinchi oʻrinni egallagan[20][21]. U Oricon albomlar xit paradlarida birinchi oʻrinni egallab, Yaponiyadagi birinchi chart-liderga aylangan. Iyul oyida albom Koreya Musiqiy Kontent Assotsiatsiyasi (KMCA) tomonidan platina sertifikatiga ega boʻldi. Ikki oy oʻtgach, „The Dream Chapter: Star“ va „The Dream Chapter: Magic“ ham KMCA sertifikatlarini oldi. 19-avgust kuni „TXT“ ikkinchi yaponcha „Drama“ singlini chiqardi. Yagona albomga „Drama“ va „Canʼt You See Me?“ ning yaponcha versiyalari, shuningdek, „Everlasting Shine“ birinchi original yapon qoʻshigʻi kiritilgan. „Everlasting Shine“ 1-sentyabrda efirga uzatila boshlangan Black Clover anime seriyasining openingidir (anime boshida aytiladigan kirish qoʻshigʻi)[22] . „Drama“ debyut qilib, Yaponiyaning Oricon singllar xit paradida uchinchi oʻrinni egalladi va RIAJ tomonidan oltin sertifikatga ega boʻldi[23].
26-oktyabr kuni „TXT“ oʻzining uchinchi „Minisode1“ mini-albomini „Blue Hour“ bosh singli bilan chiqardi. Albom oʻzining birinchi haftasida 300 000 dan ortiq nusxada sotilgan Gaon albomlar chartida uchinchi oʻrinda debyut qildi[24][25]. Amerika Qoʻshma Shtatlarida albom Billboard 200 chartida 25-oʻrinni egallab, „TXT“ning mamlakatdagi eng koʻp sotilgan albomi va haftaning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi. Albom bir vaqtning oʻzida Billboard World Albums chartida birinchi oʻrinni egalladi. 24-noyabr kuni guruh „Live On“ dramasi uchun „Your Light“ nomli saundtrekni chiqardi. 2021-yil 20-yanvarda „Still Dreaming“[26] birinchi yapon studiyaviy albomi chiqdi. Albom "World Trigger" animesining ikkinchi mavsumi uchun opening boʻlib xizmat qiluvchi original yapon qoʻshigʻi „Force“ ni oʻz ichiga oladi[27]. „Still Dreaming“ debyut qilib, Yaponiyaning Oricon albom chartlari va RIAJ[28] da birinchi oʻrinni egalladi. Bu albom Billboard 200 roʻyxatida 173-oʻrinni egallab, bu „TXT“ni AQSh musiqa chartida yapon albomiga ega boʻlgan ikkinchi koreys guruhiga aylantirdi[29]. Aprel oyida „Minisode 1: Blue Hour“ albomi KMCA tomonidan qoʻsh platina sertifikatiga ega boʻldi. 22-aprel kuni „Big Hit Music“ kompaniyasi „TXT“ may oyi oxirida qaytishini eʼlon qilgan. „TXT“ „The Chaos Chapter: Freeze“ ikkinchi studiyaviy albomini 31-may kuni Seori ishtirokidagi „0X1=Lovesong (I Know I Love You)“ bosh singli bilan chiqardi. 7-may kuni albomga oldindan buyurtmalar olti kun ichida 520 000 nusxadan oshib ketgani eʼlon qilindi. 31-may kuni albomning rasmiy chiqishi arafasida oldindan buyurtmalar soni 700 000 dan oshib ketdi, bu ularning so‘nggi albomidan ikki baravar ko‘p edi.
"The Chaos Chapter: Freeze" albomi Billboard 200 chartida 5-oʻrinda debyut qilib, guruhning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi eng koʻp sotilgan albomiga aylandi. 24-may kuni guruh „tvN“ telekanalida efirga uzatiluvchi drama „Doom At Your“ uchun „Love Sight“ original saundtrekini chiqardi. 25-iyun kuni „TXT“ pH-1, Woodie Gochild va Seori ishtirokida „0X1=Lovesong (I Know I Love You)“ remiksini chiqardi. Iyul oyida „Chaos Chapter: Freeze“ RIAJ tomonidan oltin sertifikatga ega boʻldi. Avgust oyida albom 750 000 ta joʻnatma tufayli KMCA tomonidan uch marta platina sertifikatiga ega boʻldi. 10-noyabr kuni „TXT“ toʻrtta trekdan iborat boʻlgan birinchi yaponcha „Chaotic Wonderland“ mini-albomini chiqaradi. Unda „0X1=Lovesong (I Know I Love You)“ va „MOA Diary (Dubaddu Wari Wari)“[30] ning yaponcha versiyalari hamda ikkita asl yapon qoʻshiqlari mavjud. Birinchisi, „Ito“, yapon rok guruhi „GReeeeN“ tomonidan yozilgan va yapon dramasi „Spiral Maze“ uchun saundtrek sifatida ishlatiladi[31]. 2021-yil 24-noyabrda „TXT“ GQ Japan[32] tomonidan taqdim etilgan „2021 Men of the Year Pop Icon Award“ mukofotini qo‘lga kiritdi.
Aʼzolari
tahrirGuruhda qatʼiy pozitsiyalar yoʻq, maʼlumotlar taxminiydir.
Sahna nomi | Haqiqiy ism | Tugʻilgan kun | Guruhdagi pozitsiyasi | |
---|---|---|---|---|
Hangul | ||||
Soobin | Choi Soo Bin | 최수빈 | 12.05.2000 | Sardor, vokalist, raqqos, reper |
Yeonjun | Choi Yeon Jun | 최연준 | 13.09.1999 | Bosh reper, bosh raqqos, vokalchi |
Beomgyu | Choi Beom Gyu | 최범규 | 03.13.2001 | Bosh raqqos, vokalchi, rapper |
Taehyun | Kang Tae Hyun | 강태현 | 05.02.2002 | Bosh vokalchi, raqqos |
Hueningkai | Kai Kamal Huening | 휴닝카이 | 14.08.2002 | Bosh vokalchi, reper, raqqos, makne (guruh kenjasi) |
Filmografiyasi
tahrirTelekoʻrsatuvlar
tahrir- ONE DREAM.TXT (18.07.2019, Mnet)[33]
- Playground (27.02.2021, JTBC)
- TO DO X Tomorrow X Together (2021, JTBC2)
- 2021 NEW YEAR’S EVE LIVE (2021, JTBC2)
Onlayn koʻrsatuvlar
tahrir- TALK X TODAY (2019 — hozirgacha, V Live, YouTube va Weverse)[34][35]
- TO DO X Tomorrow X Together (2020, V Live, Weverse)
- Weekly TXT (2020, AbemaTV)
- TALK X TODAY ZERO (2020, V Live, YouTube)
- TOMORROW X TOGETHER Map for „STILL DREAMING“ (2021, AbemaTV)
Mukofot va nominatsiyalar soni
Mukofotlari: | 23 |
Nominatsiyalari: | 60 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Big Hit Entertainment To Debut A New Boy Group Next Year“. Soompi (2018-yil 27-noyabr). 2019-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „BTS's Label Big Hit Entertainment Plans To Debut New Boy Band In 2019“. Forbes (2018-yil 30-noyabr). 2019-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „Big Hit Entertainment Confirms 5-Member Lineup Of New Group Tomorrow X Together“. Billboard (2019-yil 23-yanvar). 2019-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „Members of Big Hit's first boy band since BTS confirmed“. Asia One (2019-yil 24-yanvar). 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „BTS Founder Talks BigHit Entertainment's Next Idol Group“. Comic Book (2017-yil 18-dekabr). 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „빅히트 신인, 방탄소년단과 다른 컨셉트 "평균 연령 17세"“. Naver (2018-yil 29-noyabr). 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „BTS's junior group confirmed to debut in March 2019“. V Live News (2018-yil 20-dekabr). 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „[단독 '방탄소년단 동생그룹', 3월 초 가요계 데뷔…신드롬 예고“]. Naver (2018-yil 20-dekabr). 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „Everything we know so far about TXT, the new boyband from BTS’ label BigHit Entertainment“. NME (2019-yil 14-yanvar). 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „TXT reveals fourth member Taehyun with an introduction film“. Mumbai Mirror (2019-yil 17-yanvar). 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „TXT: BTS' agency unveils lineup for new boy band“. UPI (2019-yil 24-yanvar). 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „TXT finally unveils tracklist for debut album The Dream Chapter: STAR“. Metro UK (2019-yil 21-fevral). 2019-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „Watch: Big Hit’s New Boy Group TXT Gives Exciting First Look At Debut MV For “Crown”“. Soompi (2019-yil 26-fevral). 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ „TXT Surpasses 100,000 Stock Pre-Orders For Debut Album In Impressive Time“. Soompi (2019-yil 22-fevral). 2019-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
- ↑ ibighit. „TXT (투모로우바이투게더) 'Cat & Dog' Official MV“ (2019-yil 24-aprel). 2019-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
- ↑ Tamar Herman. „Tomorrow X Together Announce First U.S. Showcase“. Billboard (2019-yil 9-aprel). 2019-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-may.
- ↑ „[공지 투모로우바이투게더 롯데면세점 패밀리 콘서트 및 컴백 관련 공지 (+ENG)“] (ko,en) (2019-yil 8-avgust). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-sentyabr.
- ↑ „[공지 투모로우바이투게더 앨범 발매 연기 및 스케줄 안내 (+ENG)“] (ko,en) (2019-yil 20-avgust). 2019-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-sentyabr.
- ↑ Yoon Ki-baek. „TXT, 일본 데뷔 첫주 오리콘 1위 기염“ (ko). Edaily (2020-yil 22-yanvar). 2020-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
- ↑ „2020년 21주차 Album Chart“ (ko). Gaon Music Chart. 2016-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ Hwang, Hyejin „투모로우바이투게더, 50개 아이튠즈 1위+日 오리콘 데일리-주간 앨범차트 1위“ (ko). Naver (2020-yil 27-may). 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „ja:TOMORROW X TOGETHER、初の日本オリジナル楽曲がTVアニメ『ブラッククローバー』新OPテーマに決定“ (ja). Billboard Japan (2020-yil 29-iyul). 2020-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-oktyabr.
- ↑ „週間 シングルランキング 2020年08月31日付 (2020年08月17日~2020年08月23日)“ (ja). Oricon (2020-yil 31-avgust). 2020-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-oktyabr.
- ↑ „2020년 44주차 Album Chart“ (ko). Gaon Music Chart. 2020-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
- ↑ Choi, Hee-jae „'자체 신기록' 투모로우바이투게더, 새 앨범 '블루 아워' 첫 주 판매량 30만장 돌파“ (ko). Naver (2020-yil 2-noyabr). 2020-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
- ↑ „Tomorrow X Togetherの日本1stアルバム発売決定“ (ja). Natalie (2020-yil 23-noyabr). 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
- ↑ „「ワールドトリガー」主題歌をTomorrow X Together、ED曲を神はサイコロを振らないが担当“ (ja). Natalie. 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „一般社団法人 日本レコード協会“. RIAJ. 2015-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-fevral. Select 2021年1月 on the drop-down menu
- ↑ Park, Yoonjin „투모로우바이투게더, 日 정규앨범으로 美 빌보드 메인 차트 진입“ (ko). 2021-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Tomorrow X Together、日本1st EP「Chaotic Wonderland」11月にリリース“ (ja). Natalie (2021-yil 6-sentyabr). 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
- ↑ „TOMORROW X TOGETHER、日本オリジナルの新曲「Ito」がドラマ「らせんの迷宮~DNA科学捜査~」オープニングテーマに決定!GReeeeNが書き下ろし“. Kstyle. 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
- ↑ „TXT Are GQ Japan's "Men Of The Year Pop Icons" For 2021“ (en-US). Koreaboo (2021-yil 22-noyabr). 2021-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
- ↑ Park, So-yeon „Tomorrow by Together, the first exclusive reality 'ONE DREAM. TXT 'June Broadcast“ (ko). Exsport News (2019-yil 13-may). 2020-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-yanvar.
- ↑ Lee, Ho-yeon „Tomorrow by Together, the first reality 'Talk X Today'“ (ko). Hankook Ilbo (2019-yil 7-mart). 2020-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-yanvar.
- ↑ „Tomorrow by Together, Reality 'Talk X Today' Season 2 released on May 26 [Official“] (ko). Osen (2019-yil 23-avgust). 2020-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-yanvar.