Taʼliq (arab. — osish, osib quiish) — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. 14-asrda tavqe va riqo xatlari asosida ixtiro qilingan, ixtirochilari Tojiddin Salmoniy va Xoja Abulʼol. Tez yozish uslubida harflar bir-biriga osilib yoki ilinib turganday koʻrinadi (nomi ham shundan). Harflarning 5 qismi egri va 1 qismi toʻgʻri chiziklardan iborat. T. asosan insho va maktublarga tegishli boʻlib, munshiylar uni yuqoridan chapga qiyaroq qilib choʻzib yozgan. Shu jihati bilan shikasta xatiga oʻxshab ketadi. Dastlab munshiylar, idora kotiblari tomonidan ishlatilgan, rasmiy va shaxsiy yozishmalar, turli hujjatlarda qoʻllangan. Xoja Abdulhay Munshiy, Xoja Ixtiyor ushbu xat ustasidir.