Tabaqa pardoz
Tabaqa pardoz - oʻymakorlikda pardoz turi; oʻyma gul — naqshlarni 2 yoki 3 qatlamli oʻymalar bilan pardozlash usuli. Oʻymalari uncha chuqur boʻlmasada, naqshlar hajmdor koʻrinishga ega boʻlib, ajoyib jozibadorlik hosil qiladi. Pardozlar ichida eng murakkabi boʻlgani uchun ustadan yuksak kasbiy mahorat talab etadi. Buxorolik ustalar Tabaqa pardoz usulini keng qoʻllaydi. Jumladan, Usta Shirin Murodov Tabaqa pardozning imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanib, jozibador naqsh mujassamotlari yaratgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |