Tabargul
Tabargul (Polianthus tuberosa) — chuchmomaguldoshlar oilasiga mansub, koʻp yillik tuganak piyozli oʻtsimon oʻsimlik. Boʻyi 60120 sm. Barglari uzunchoq. Guli oq, xushboʻy, toʻpguli boshoqsimon. Vatani — Markaziy Amerika. Shimoliy Afrika va Janubiy Yevropaning baʼzi hududlarida, Kavkazning Qora dengiz sohillarida manzarali va efir moyli usimlik sifatida ekiladi. Kuzda gullaydi; tuganak piyozidan kupaytiriladi. Uning ochilgan gulidan parfyumeriya sanoatida ishlatiladigan qimmatbaho efir moyi olinadi. Manzarali Tabargul navlaridan guldastalar yasashda foydalaniladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |