Tavgʻach
(Tabg‘achdan yoʻnaltirildi)
Tavgʻach, Tabgʻach, Tamgʻach, Tabqoch, Toʻba-Toba, Tugʻbat — ilk oʻrta asrlarda turkiy xalkdardagi tarixiyetnik atama: 1) Xitoy manbalarida toʻba(tugʻbat) deb nomlanib, ular qurgan xonlik Shimoliy Vey sulolasi (386—534) deb atalgan. Toʻbalar syayabilarning avlodi boʻlgan; 2) Turkiy bitiklarda T. atamasi Tan sulolasini anglatgan; 3) Mahmud Koshgʻariy "Devonu lugʻatit turk" asarida T.ni 20 ona turk qabilasidan biri sifatida qayd etib, T.larning yashagan hududi Yuqori Chin (Xitoyning shim.) daligi, ammo keyingi davrda bu hudud "Mochin" deb oʻzgarganligini, shuningdek, mamlakati qad. va katta xon maʼnosida "Tavgʻach xon" deyilishini yozgan. Qoraxoniylar oʻzlarini "Tavgʻach xon", "Tam/ach xon" deb atashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |