Tabiat

tabiiy, jismoniy yoki material dunyo va undagi hodisalar

Tabiat — odamning paydo boʻlgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman — bu dunyo, odam, koinot; mikromakromega dunyolar; jonsiz va jonli narsalar bor. Tor maʼnoda — tabiat fanlari oʻrganadigan obyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bogʻliq boʻlmagan qonuniyatga boʻysunadi. Odam tabiatning bir qismi. Odam tabiat qonunlarini oʻzgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanib, tabiat elementlarini, qismlarini oʻzlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun mehnat qiladi, mehnat (mas., dehqonchilik, qurilish, sanoat), miya faoliyati va boshqa esa tabiatning baʼzi jihatlarini oʻzgartiradi. Odam tomonidan, yaʼni ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli ravishda „ikkinchi tabiat“ deyiladi. Masalan, vodoroddan urangacha boʻlgan 92 ta kimyoviy element tabiiydir, undan keyingi kashf etilganlari sunʼiydir. Barcha sunʼiy sintetik kimyoviy birikmalar, odam yaratayotgan atom va yadro energiyalari „ikkinchi tabiat“ga kiradi.

Tabiat atamasi keng maʼnoda fizik, material olamni bildiradi. Kundalik turmushda „tabiat“ soʻzi ostida odam taʼsiri ostida koʻp boʻlmagan atrof-muhit va undagi hayot (yovvoyi tabiat) nazarda tutiladi. Birinchi holda tabiatni umuman fan, ikkinchi holda esa tabiatshunoslik oʻrganadi. Bunda tabiat subatomdan galaktik miqyoslarga boʻlib koʻriladi.

Odamning tabiatga munosabati tarixda oʻzgarib va rivojlanib bordi. Antik falsafada tabiatga stixiyali kuchlar (Demokrit), ideal dunyoning inʼikosi (Platon), uygʻun jarayon (Pifagor), mukammallik (Aristotel) deb qaralgan. Diniy taʼlimotlarda tabiat ruhiy ibtidoning moddiy gavdalanishi deb xisoblangan va xudo tabiatdan yuqori turadi deb tushunilgan. Uygʻonish davrida tabiatga hamma tabiiy uygʻunlik va mukammallikning yuzaga chiqishi sifatida karaldi. Yangi davrda tabiatga boʻlgan munosabat tabiatning ilmiy oʻrganish obʼyektiga aylanishida katta rol oʻynadi.

Tabiat obʼyekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir. Ular cheksiz maʼlum narsalarning (elementar zarralar, antizarralar, qum, tosh, tuproq, suv, havo, jonsiz va jonli mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va boshqa samoviy jismlar, fizik maydonlar) majmuidan iboratdir. Bir vaqtlar (fanning soʻnggi maʼlumotlari boʻyicha bundan 20 milliard yil avval) bu jismlar boshqa koʻrinishda boʻlgan. Boʻlajak milliard yillarda u yana oʻzgarib boradi. Tabiat odamning, jamiyatning vatani. Odamning hayoti tabiatning, biosferaning uygʻun sharoitiga bogʻliq. Bu sharoit salbiy tomonga oʻzgartirilsa, odamning normal yashashiga putur yetkaziladi, ekologik muammolar paydo boʻladi. Ilmiy-texnika yutuqlaridan notoʻgʻri foydalanish — biosferaning buzilishiga olib keladi. Binobarin tabiatni puxta bilib, undan samarali foydalanish, unga toʻgʻri va oqilona munosabatda boʻlish lozim (qarang Tabiatni muhofaza qilish). Insonning tabiatga bunday munosabatda boʻlishida fan asosiy omil boʻlib kelmoqda. Yer va koinotda insonning faoliyati faollashmoqda. Koinotning uzoquzoq joylari (mas., metagalaktikalari)da, t yuz berayotgan hodisalarni kengroq va chuqurroq bilish tabiat haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi. Omonulpa Fayzullayev.vatanimiz musaffo boʻlsin

Yana qarang

tahrir