Tabiiy geografiya

Geografiya
(Tabiiy Geografiyadan yoʻnaltirildi)

Tabiiy geografiya — Yerning geografik qobigʻi tabiiy tarkibi va uning strukturaviy qismlari: barcha darajadagi tabiiy hududiy majmualarini (shuningdek, suv havzalarini ham) oʻrganuvchi fan; tabiatshunoslik fanlarining muhim tarmoklaridan biri. Tabiiy geografik majmualarnkng makon va zamonda obyektiv mavjudligini eʼtirof etish tabiiy geografiyani eng muhim metodologik tamoyillaridan biri.

Geografik qobiqning murakkab tuzilishi va xususiyatlari uni har tomonlama tadHiq qilishni, yaʼni bir butun hamda alohida komponentlar boʻyicha ham va undagi kattakichik tabiiy geografik majmualar boʻyicha ham tadqiq qilishni taqozo etadi. Bu, oʻz navbatida, tabiiy geografiyaning tarmoqlanishiga olib keladi. Hozirgi kunda tabiiy geografiyaning quyidagi asosiy tarmoklari mavjud: umumiy yer bilimi, regional geografiya, landshaftshunoslik, paleogeografiya, xususiy geografiya (iqlimshunoslik, geomorfologiya, biogeografiya va hokazo).

Tarixi. Dastlabki geografik tasavvurlar yunon olimlari Fales (mil. av. 625—547-yillar), Anaksimandr (mil. av. 610—347-yillar), Miletlik Gekatey (mil. av. 546—480-yillar), Gerodot (mil. av. 486—425-yillar), Platon (mil. av. 427—347-yillar), Aristotel (mil. av. 384—322-yillar)ning tabiat falsafasi yoki tarixga oid asarlarida uchraydi. „Geografiya“ nomli birinchi ilmiy asar Eratosfen (276—194-yillar) tomonidan yaratilgan. Bu asar oʻz davrigacha toʻplangan geografik maʼlumotlarni tartib bilan taxlil qilishning eng dastlabki namunasi boʻlgan. Yunon olimlarining asarlarida hozirgi vaqtda ham mavjud boʻlgan matematik geogr., mamlakatshunoslik, rayonlashtirish va tasviriy geogr. kabi yoʻnalishlarga asos solingan edi. Geografik xaritalarning ilk namunalari ham ular tomonidan yaratilgan.

Ilm-fan, maʼrifat va madaniyat, shuningdek, Osiyoda, yaʼni gʻarbda Oʻrta dengiz boʻylaridan, sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Orol dengizi kengliklaridan janubida Arabiston dengizi qirgʻoklarigacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga olgan Sharq olamida rivojlana boshladi. Bu davrda, ayniqsa, 9— 11-asrlarda fan va madaniyat tez surʼatlarda rivojlandi, yuzlab ilmfan namoyandalari, olimlar yetishib chikdi. Ulardan Movarounnahr va Xuroson olimlari yetakchi oʻrinlarni egallagan. Oʻsha davrda yashab, ijod qilgan va jahon fanida oʻchmas iz qoldirgan Muhammad ibn Muso alXorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Jayhoniy, Abu Zayd va Abu Maʼshar Jaʼfarlar, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshgʻariy kabilar shunday olimlardan. Ular Yer meridiani uzunligini aniklash, joylarning geografik koordinatalari jadvallarini tuzish, geofafik xaritalar tuzish, ayrim geografik hodisa va jarayonlarning sabablarini izohlash, turli mamlakatlar tabiatini tasvirlab yozish ishlarini davom ettirdilar. Koʻpgina tarixiygeografik va astronomikgeofizik asarlar yoziddi. Oʻrta asrlardagi Sharq olimlarining geografik merosi I.Yu.Krachkovskip, gʻ.Hasanovl&r tomonidan taxlil qilingan.

Tabiiy geografiyaning rivojlanishi tarixida 15—16-asrlarda Yevropadagi Uygonish davri bilan bogʻliq boʻlgan Buyuk geografik kashfiyotlar muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻsha vaqtda yangi yerlarning yevropaliklar uchun maʼpum boʻlishi tabiatshunoslikning, shu jumladan, tabiiy geografiyaning taraqkiyoti uchun ham turtki boʻldi. Insonlarning geografik tasavvur doirasi ancha kengaydi. Oʻsha davrda Movarounnahrda Hofizi Abroʻ, Gʻiyosiddin Naqqosh,Abdurazzoq Samarqandiy, Mirzo Ulugʻbek, Bobur, Muhammad Haydar Mirzo kabilar oʻz asarlari bilan tasviriy geografiyaning rivojiga munosib hissa qoʻshdilar.

Tabiiy geografiyaning tarixidagi yana bir muhim bosqich 19-asrning 1yarmidan 20-asrning 60y.larigacha davom etib, yangi ilmiy tabiiy geografiyaning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Bu davrning boshlanishi nemis tabiatshunosi A. Gumboldt asarlariga borib taqaladi. Uning buyuk xizmati tabiat komponentlari orasidagi oʻzaro aloqadorlikning taxlili geogr. fani uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini ochib berishda edi. Tabiiy geografiyadagi bu gʻoya keyinchalik V. Dokuchayev, L.S.Berg, A. Grigoryev, SV.Kalesnik va boshqa tomonidan rivojlantirildi. Natijada Yerning geografik qobigʻi, tabiiy geografik kompleks va landshaft haqidagi taʼlimotlar yuzaga keldi. Bir qancha tabiiy geografik qonuniyatlar aniqlandi, yangi izlanish metodlari yaratildi, ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Joylarning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklarini oʻrganish ishlari jadallashdi. Sharqiy Yevropa tekisligi, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Sibir va Uzok, Sharq regionlarining tabiati va tabiiy resurslari haqida yirik ilmiy asarlar yuzaga keldi. Shular qatorida Oʻrta Osiyoda izlanishlar olib borgan tabiatshunos olimlar N.A.Dimo, R.I. Abolin, D. N. Kashkarov, Ye.P.Korovin, KZ.Zokirov, I.A.Raykova, N.L.Korjenevskiy, V.M.Chetirkinlarning ishlari ahamiyatli boʻldi.

20-asrning oʻrtalaridan boshlab tabiiy geografiya tadqiqotlarining, geografik muassasa va ilmiy markazlarning koʻlami yanada ortdi. Geograflar soni ham oshdi, yangiyangi ilmiy yoʻnalishlar shakllandi. Jumladan, geofizika, geokimyo, ekologik yoʻnalishlar rivojlandi. Yangi ilmiy tushunchalar (geografik fazo, Yerning landshaft qobigʻi, landshaftlar morfologiyasi, antropogen landshaft va hokazo) hamda geografik krnuniyatlar (landshaft qobigʻining mozaikligi, diskretligi, geografik zonallikning davriylik qonuniyatlari, qutbiy asimmetriya) vujudga keldi. 7abiiy geografik rayonlashtirish ishlari yangi bosqichga koʻtarildi. Uning nazariy asoslari, metodlari takomillashdi. Tabiiy geografiya konstruktiv bosqichga oʻtdi. Tabiiy komponentlarni amaliy maqsadlarda baholash, ularning taraqqiyot yoʻnalishlarini aniklab, kelajakdagi oʻzgarishlarini bashoratlash tamoyillari va metodlari ishlab chiqildi.

Oʻzbekistonlik geograf olimlarning davrasi ancha kengaydi. Tanikli olimlar L.S.Babushkin, O.Y.Poslavskaya, N.A.Kogay, M. Qoriyev, N.D.Dolimov, H. Hasanovlar qatoriga P.Baratov, M.Mamatqulov, P.Gʻulomov, A.Saidov, Yu.Sultonov, L.Alibekov, A.Abdulqosimov, A.Rafiqov, Sh. Zokirov, Sh.Ergashev, I.Hasanov, I.Abdugʻaniyev, I.Nazarov kabi olimlar kelib qoʻshildi. Ular Oʻzbekiston va uning ayrim hududlarining tabiiy va antropogen landshaftlarini tadqiq qildilar, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik baholash, tabiiy geografik majmualarning rivojlanish yoʻnalishlarini aniklash va bashoratlash ishlarida samarali mehnat qidsilar. Nazariy asoslari. Umumiy tabiiy geografiyaning nazariy asoslari negizida quyidagi eng muxim geografik krnuniyatlar yotadi: 1) geografik qobiqning bir butunlik qonuniyati; 2) aylanma harakatlar qonuniyati; 3) geografik qobiqning davriylik qonuniyati, yaʼni barcha tabiiy geografik hodisa va jarayonlarning maʼlum vaqt davomida takrorlanish qonuniyati; 4) geografik qobiqning hududiy tabaqalanish qonuniyati, yaʼni rivojlanish jarayonida gazlarning qobiq strukturasining maydonda oʻzgarishi, kattakichik tabiiy hududiy majmualarga boʻlinishi. Bu qonuniyat tabiiy geografik rayonlashtirish uchun nazariy asosdir; 5) geografik zonallik qonuniyati — tabiatda geografik mintaqalar va tabiat zonalarining mavjudligi shaklida namoyon boʻladi; 6) geografik zonallikning davriy qonuniyati, yaʼni bir tipdagi geografik zonaning turli geografik mintaqalarda uchrashi qonuniyati; 7) azonallik qonuniyati geografik mintaqalarning geografik uzunligi boʻyicha sektorlarga boʻlinishi, landshaft zonalarining qam shu yoʻnalishda tabaqalanishi va landshaftlarning balandlik mintaqalari mavjudligida oʻz ifodasini topishi; 8) zonallik va azonallikning bir butunligi qonuniyati; 9) Yer sharining qutbiy asimmetriya qonuniyati. Uning asosida Yerning shakli, quruklik va suvlarning, organizmlarning taqsimlanishi, iklimlar, geografik qobiq strukturasi, muzliklar maydoni va shakllari, geologik tarixiga koʻra shim. dengizlarning Janubiy yarim shardagilardan farq qilishi yotadi; 10) geografik qobiqning rivojlanish qonuniyati, bu rivojlanishni harakatga keltiruvchi asosiy kuch — tabiatdagi zonal va azonal hodisalarning oʻzaro kurashidan, rivojlanish shakli esa davriylikdan iborat; 11) geografik qobiqning notekis rivojlanishi qonuniyati. Turli landshaftlar turli yoshda boʻlib, turlicha tezlikda rivojlanadi. Bu qonuniyatning muhim tomoni shundaki, landshaftlar biri ikkinchisidan tarkibiga koʻra emas, balki yoshiga va rivojlanish bosqichi xamda surʼatlariga qarab ham farq qilishini hisobga olinishi va landshaftlar oʻzgartirilayotganda bu qonuniyatga amal qilinishini taqozo etadi.

Umumiy tabiiy geografiya hozirgi vaqtda geografik qobiqning bir butunligi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi yangi gʻoyalar bilan boyidi, landshaft qobigʻi, geografik fazo nazariyalari olgʻa surildi, sayyoraviy miqyosdagi geografik bashoratga asos solindi, geografik sistemalar haqidagi taʼlimot ishlab chiqildi. Yer yuzasining morfostrukturasi va morfoskulpturasi haqidagi yangi tasavvur vujudga keldi. Landshaftlarning yoshi va ularni tasniflashning regional muammolari tahlil qilindi, tabiiy geografiyaning ekologiya bilan yaqinligi va uzviy bogʻlikligi asoslab berildi. Inson faoliyatining geografik qobikdagi tabiiy jarayonlarga, geografik muhitga boʻlgan taʼsirining salbiy va ijobiy oqibatlarini oʻrganish, bu oqibatlarni oldindan aytib berish, ilmiy tadqiqotlarda geofizikaviy, geokimyoviy, matematik, ekologik metodlarni qoʻllashga boʻlgan eʼtibor kuchaydi, yangi ekologik yoʻnalish yuzaga keldi. Hozirgi zamon tabiiy geografiyada tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza silish muammoasi asosiy va dolzarb muammo hisoblanadi.

Tabiiy geografiyaning hududlarni tabiiy geografik tavsiflash metodlari ham takomillashib bordi. Bu keyingi-yillarda yaratilgan koʻplab monografiyalar, darslik va oʻquv qoʻllanmalarida aks etgan. Hozirgi kunda tabiiy geografiya fani hal etilishi lozim boʻlgan muammolarning koʻpchiligi, asosan, uning obʼyekti va predmetining murakkabligi, oʻziga xos xususiyatlar bilan va fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida xalq xoʻjaligi qoʻyayotgan vazifalarning murakkabligi bilan bogʻliqdir. Shunday muammolarning ayrimlari „inson—tabiat“ sistemasidagi oʻzaro taʼsir oqibatida yuzaga kelayotgan muammolardan. Sayyoraviy miqyosda roʻy berayotgan iklim oʻzgarishi, regional koʻlamda Orol va Orolboʻyi muammolari, choʻllashish, tabiiy resurslarning tez surʼatlarda kamayishi, tabiiy muhitning ifloslanishi kabi muammolar shular jumlasidan.


Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Anuchin V.A., Teoreticheskiye osnovi geografii, ML, 1972; Zokirov Sh. S., Landshaftshunoslik asoslari, T., 1994; Hasanov I. A., Gʻulomov P. N., Oʻrta Osiyo tabiiy geografinsi, T., 2002. Kalesnik SV., Obshiye geograficheskiye zakonomernosti Zemli, M., 1970; Milkov F.N., Obsheye zemlevedeniye, M., 1990; Yurenkov G.I., Osnovnie problemi fizicheskoy geografii i landshaftovedeniye, M., 1982.