Taboshar
Taboshar — IX—X asrlarda Iloq konlari guruhidagi metall koni. Qurama tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻridagi Qoramozor togʻining Tabosharsoy havzasida joylashgan. Konda 50 dan ortiq shaxta boʻlib, ularning koʻpchiligi qiya va tik holda, uzunligi 70 metrgacha. Soyning oʻrta qismida rudaning uzunligi 1km gacha, tarkibida har xil minerallar, kumush, qoʻrgʻoshin, baʼzan mishʼyak ham uchraydi. Soyning oʻng sohilida 20 tacha shaxta joylashgan, ulardan taxminan 1.5km janubroqda yana 8 ta yirik shaxta bor. Bir necha shaxta Taboshar Konjoʻl yoʻli boʻylab ketgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |