Tacana vulqoni
Tacana vulqoni Markaziy Amerikadagi ikkinchi eng baland choʻqqi boʻlib, balandligi 4,060 metr (13,320 ft), Shimoliy Gvatemala va Meksikaning janubidagi Sierra Madre de Chiapas hududida joylashgan. U Meksikada Vulkan Tacina nomi bilan ham mashhur[1].
Volcán Tacaná | |
---|---|
Tacana vulqoni | |
Vulqon | Tacana vulqoni |
Turi | Stratovulqon |
Joylashuvi |
San Marcos, Gvatemala vaChiapas, Meksika 15°07′57″N 92°06′31″W / 15.13250°N 92.10861°W |
Rhinella lilyrodriguezae ning tarqalish xaritasi |
Geografiyasi
tahrirVulqon Gvatemaladagi San-Marcos departamentining Tacana va Meksikadagi Chiapas shtatining Cacahoatan va Union Juarez munitsipalitetlari hududida joylashgan.
Uning soʻnggi fanga maʼlum otilishi 1986-yild may oyida kichik freatik otilish qayd etilgan, shunga qaramay u hali ham mazkur hududda yashovchi odamlarning 250 000 dan ziyodroq qismi uchun xavfli hisoblanadi.
Tacana 1,500 kilometr (930 mi) lik qator, yaʼni Shimoliy Amerikaning Tinch okeani sohiliga parallel, Markaziy Amerika vulqon yoyi deb nomlanuvchi, Karib dengizi plitasining gʻarbiy chegarasi boʻylab faol subduktsiya zonasidan hosil boʻlgan yuzlab vulqonlar ichidagi birinchi yirik vulqondir.
Shimoliy shimoliy togʻ etaklaridagi qishloq xoʻjaligi vodiysi qalin lava konlari bilan qoplangan. Vodiydagi daryo suvlari Gvatemaladan Meksika orqali Tinch okeaniga borib quyiladi. Binobarin, kelajakdaotilishlardan kelib chiqadigan sel oqimlari ikkala mamlakatda ham mazkur yoʻlda boʻlganl hududar uchun xavfli boʻlishi mumkin[2].
Vulkanologiya
tahrirTacana — stratovulqon (kompozit vulqon) boʻlib, yemirilgan plutonik va metamorfik relef bilan oʻralgan. Unining kalderasi keng boʻlim 9 kilometrga yetadi, choʻqqisida bir nechta lava gumbazlari va janubga tomon yoyilgan uchta katta kaldera mavjud.
Takananing yengil freatik otilishi tarixiy davrlarda sodir boʻlgan. Uning piroklastik oqimlarni oʻz ichiga olgan eng kuchli maʼlum portlash faolligi miloddan avvalgi 70-yilda (± 100 yil) sodir boʻlgan. Ushbu yirik portlash Takanani Smitson milliy tabiat tarixi muzeyining Global vulqonizm dasturi tomonidan vulqon portlash indeksini 4 ball bilan tasniflanishiga sabab boʻldi[3].
Tacana vulqoni Markaziy Amerika asosiy vulqon zanjirining bir qismi boʻlib, unda kamyob ekotizimlar jumladan, madaniy, ilmiy, iqtisodiy va biologik ahamiyatga ega, biologik xilma-xillik, ayniqsa baland togʻli ekotizimi mavjud. Vulqonning landshaftlari va vulqon togʻi katta ilmiy va estetik ahamiyatga ega geofizik xususiyatlarni namoyish etadi.
Shunday qilib, Tacana vulqoni YuNESKOning Butunjahon biosfera rezervatlari tarmogʻidagi, inson va biosfera dasturiga (MAB) kiritilgan[4].
Togʻ turizmi
tahrirTacana choʻqqisiga taxminan 10 soat ichida chiqish mumkin. Togʻga ikkita chiqish yoʻli mavjud. Ulardan biri, vulqonning janubida, Gvatemala tomonidagi Tojquián Grande va Finca Navidad shahri orqali oʻtiladi va Meksika bilan chegaralangan hududga parallel ravishda davom etadi.
Ikkinchi yoʻnalish Meksika tomondan boʻlib, El-Karmen, Talisman koʻprigi, Cacahoatan va Union Juarezdan transport vositasida togʻ etagigacha borilib, u yerdan yoʻl piyoda davom ettirladi[5]. Bu marshrut yordamida Gvatemalaga oʻtiladi, Markaziy Amerikadagi eng qiziqarli sayohatlardan biri sifatida tasvirlangan boʻlib, yoʻl eng past choʻqqigacha yetib borgunga qadar yam-yashil oʻrmonlar, qishloq xoʻjaligining ahamiyatga molik qishloqlari, qadimgi magma oqimlari va tosh bilan qoplangan moʻtadil iqlim oʻrmonlar bilan oʻralgan yoʻllardan oʻtiladi. U yerdan choʻqqigacha boʻlgan soʻnggi yoʻl bulutlar ustidagi panoramali koʻrinishlar oʻzida akslantiradi, chunki daraxt balandligi yuqorilashgan sari asta-sekin qisqaradi. Choʻqqidan Markaziy Amerika vulqon arkasidagi bir qancha yirik vulqonlar, shu jumladan Tajumulco vulqoni ham koʻrinadi.
Galereya
tahrir-
Tacana vulqoninng koʻrinishi
-
Vulqonning qishki koʻrinishi
-
Maket
-
Tacana vulqoni choʻqqisidan Tajumulco togʻining koʻrinishi
Manbalar
tahrir- ↑ „Volcán Tacina: Mexico“. Qaraldi: 2011-yil 6-may.
- ↑ „Tacana volcano, Mexico and Guatemala“. Volcano Photos. Qaraldi: 2011-yil 7-may.
- ↑ „Large Volcano Explocivity Index“. Qaraldi: 2011-yil 7-may.
- ↑ „Biosphere Reserve Information, Mexico, Volcán Tacaná“. UNESCO. Qaraldi: 2011-yil 8-may.
- ↑ „Volcán Tacaná“. www.deguate.com. Qaraldi: 2011-yil 8-may.