Tadbirkorbank
"TADBIRKORBANK" – 1993-2006-yillarda Oʻzbekistondagi yirik aksiyadorlik-tijorat banklaridan biri hisoblangan. 2006-yilda "Mikrokreditbank" sifatida qayta tashkil etilgan.
Tashkil etilishi
tahrir„TADBIRKORBANK“ – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-yanvardagi „Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan."Oʻzdehqonshiliksanoatbank" negizida tashkil etilgan[1].
Boshqaruvi Toshkent shahrida. Bankning yirik taʼsischilari „Biznesfond“, „Madad“ sugʻurta agentligi va boshqa Jismoniy va yuridik shaxslardan iborat aksiyadorlari 24 mingdan ortiq boʻlgan. „Tadbirkorbank“ keng tarmokli universal banklardan biri boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda 13 ta filiali, respublika (Toshkent sh.) va viloyatlar markazlarida amaliyot boʻlimlari, 69 tuman boʻlimi, tuman boʻlimlari qoshida 42 minibank faoliyat yuritgan (2003).
Faoliyati
tahrirBank faoliyatining asosiy yoʻnalishi – qishloqda tadbirkorlik va mulkchilikning yangi shakllarini rivojlantirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan iborat. „Tadbirkorbank“ respublika qishloq xoʻjaligi korxonalariga – dehqon va fermer xoʻjaliklariga, shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalariga, kooperativlarga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi xususiy korxonalar va firmalarga turli bank xizmatlari koʻrsatgan. Bundan tashqari, bank kreditlar jalb etish va berish, mijozlar va muxbir banklarning hisobvaraklarini yuritish, pul jamgʻarmalarini qabul qilish va joylashtirish, toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish, sotish va saqlash, faktoring va lizing xizmatlari koʻrsatishni amalga oshirgan. Bank mamlakatimizda kichik va oʻrta biznes, xususiy tadbirkorlik yetakchi rol oʻynaydigan koʻp ukladli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qoʻshgan. „Tadbirkorbank“ tomonidan kichik va oʻrta biznes subʼyektlariga qishloq xoʻjaligi texnikasi va minitexnologiyalar, ehtiyot qismlar olish uchun lizing xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish, kichik va oʻrta biznes subʼyeklarini kreditlashda eksportbop yoki import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga, mahalliy xomashyoni qayta ishlash hisobiga xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan loyihalarga asosiy eʼtiborni qaratgan. 2003-yilda 41 mingdan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatgan. Bankning ustav kapitali 2,2 mlrd. soʻm, oʻz kapitali 3,85 mln. soʻm, berilgan kreditlar 12,1 mlrd. soʻm, yillik fonda 642,7 mln. sum, jami aktivlari 33,4 mlrd. soʻm, zaxira kapitali 507,3 mln. sum (2003).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi "„Mikrokreditbank“ aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan "Mikrokreditbank" sifatida qayta tashkil etilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori sana=19.07.2024“ (lex.uz).
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori sana=19.07.2024“ (lex.uz).