Tadeusz Kościuszko (talaffuzi: Tadeush Kostyushko; 1746-yil 4/12-fevral — 1817-yil 15-oktyabr) — 1794-yildagi Polsha qoʻzgʻoloni rahbari. Kościuszko Varshava Ritsarlik maktabi (1765—1769) da, Parij harbiy akademiyasi (1769—1774) da oʻqigan; 1774-yilda Polilaga qaytib kelgan. Kościuszko Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun boʻlgan urush qatnashchisi (1775—1783). Polanets universali (barshchinani kamaytirgan, dehqonlarga shaxsiy erkinlik vaʼda qilgan)ni nashr etgan (1794). Kościuszko Matseyovitsa boʻsagʻasidagi jangda yaralangan va podsho qoʻshinlari tomonidan asirga olinib, Petropavlovsk qalʼasiga qamalgan. 1796-yilda 12 ming polyak asirlari katorida uni podsho Pavel I ozod qilgan. U AQShda va Parijda yashagan (1798). Kościuszko Napoleon va Aleksandr ularning polyak legionlariga qoʻmondonlik qilish taqliflariga rad javobini bergan. Kościuszko polyak xalqining mustaqillik uchun kurash dasturini tuzgan (1800). Kościuszko Shveysariyada vafot etgan, jasadining kuli Krakov shahriga keltirilgan. Kościuszkoga Polsha va AQShning koʻp shaharlarida haykallar qoʻyilgan. Avstraliyaning eng baland togʻi — Kościuszko nomi bilan atalgan.

Manbalar

tahrir