Tajriba (bilim)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Tajriba — voqelikni amaliy jihatdan hissiyempirik bilish jarayoni. Tajriba keng maʼnoda — uquv, malaka va bilimning birligidan iborat. Shuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri — eksperiment usuli ham tajriba deb ataladi. Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim tadqiqot obʼyekti boʻlib kelgan. Sharq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni tekshirib koʻrish maqsadida oʻtkazilgan sinov ham tajriba deb atalgan. Abu Rayhon Beruniy tajribani eksperiment va kuzatish bilan bogʻlab tushuntirish tarafdori boʻlgan. U Ibn Sino bilan munozarada fikran faraz qilib koʻrishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchliroq maʼlumot berishini taʼkidlab, fikriy mulohazalar ogʻizdan-ogʻizga oʻtish bilan oʻzgarib borishi va asl maʼnosini yoʻqotishi mumkin deb, amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qoʻygan. Empirizm va sensualizm vakillari bilimlarimizning eng ishonchli va yagona manbai hissiy maʼlumotlardir, deb hisoblashgan. Ularning fikricha, bilimlarda sezgilardan ilgari boʻlgan narsalarning oʻzi yoʻq, hamma bilimlar eng avvalo sezgilar orqali xreil kilinadi. Idealistik empirizm namoyandalari D. Yum, J. Berkli tajriba asosida obyektiv reallik yotishini inkor etish asosida uni sezgilar majmuasidan iborat deb bilishgan. F. Bekon, Gobbs, Lokk, Didro, Gelvetsiylar esa tajribaning manbai moddiy olam deb materialistik empirizm nuktai nazarida turishgan. Ratsionalizm vakillari Dekart, Spinoza, Leybnits fikricha, olamni mantiqiy bilishda tajribaga ehtiyoj yoʻq, chunki tajriba uzuqyuluq, bir tomonlama, sayoz va yuzaki, nomukammal bilimlarni beradi. Bunday bilimlarni sistemalashtirish, umumlashtirish, chuqurlashtirish uchun akliy tafakkur kerak boʻladi deb, bilishda tajribaning rolini kamsitishadi. I. Kant tajribani tushunishda ratsionalizmni ham, empirizmni ham jiddiy tanqid qilgan. Uning fikricha, odamlar mushohadaning shunday bir aprior (tajribagacha boʻlgan) shakliga egaki, uning yordamida sezgilar orqali olingan maʼlumotlar sintez kilinadi va ular tasavvurdagi boʻyicha qatʼiy tartibga solinadi. Gegel bilishni koʻp bosqichli deb tushunadi, u olamning bilish jarayonida erishgan natijalari bilan qoʻygan maqsadi oʻrtasida doimo farq boʻladi, yaʼni erishilgan natijalar maqsadga yetmaydi, oqibatda biluvchi istagan narsa bilan erishgan natijani taqqoslash asosida predmetga qarash ham oʻzgarib boradi va shu tarzda predmet haqidagi yangi bilimlar paydo boʻladi, ana shu yangi bilimlarning hosil boʻlish jarayoni tajribadir, deb hisoblaydi. Pragmatist va instrumentalistlar fikricha, tajriba narsalardan „instrumental“ maʼnoda foydalanishdir, ekzistensialistlar tajribani subʼyektning bevosita ichki kechinmalari dunyosi sifatida talqin etadi, neopozitivistlar tajribani subʼyekt ongining turli holatlari deb hisoblashadi. Markscha faylasuflar nazarida, tajriba praktika (amaliyot) kategoriyasiga mansubdir.
Kishilarning hayoti mobaynida orttirgan bilimlari, ukuv va malakalari majmuasi boʻlgan tajriba avlodsan avlodga oʻtib boradi. Tajriba fanni boyitishning, nazariya va amaliyotni rivojlantirishning muhim vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |