Takashi Nagatsuka
Takashi Nagatsuka (yaponcha: 長塚節; 1879-yil 3-aprel, Ibaraki prefekturasi – 1915-yil 8-fevral, Fukuoka) – yapon shoiri, adabiy tanqidchi va yozuvchi, Masaoka Sikining shogirdi[1][2].
Takashi Nagatsuka | |
---|---|
Tavalludi |
1870-yil 3-aprel |
Vafoti |
1915-yil 8-fevral Fukuoka |
Ijod qilgan tillari | Yapon tili |
Fuqaroligi | Yaponiya |
Biografiyasi
tahrirYozuvchi 1879-yil 3-aprelda Xonsyu orolidagi Ibaraki prefekturasida dehqon oilasida dunyoga kelgan.
Takashi Mito oliy maktabiga oʻqishga kirdi, ammo oʻqishni tugatmasdan tashlab ketdi[3]. Masaoka Sikining yapon she’riyatini isloh qilish boʻyicha yangicha gʻoyalarini oʻzlashtirgan holda, Tokioga koʻchib bordi va shoirning shogirdiga aylandi[4]. U „Manʼyosyu“ni oʻrganishni boshladi va Masaoka Shiki tomonidan ishlab chiqilgan „hayotni aks ettirish“ usuli – shaseiga iloji boricha aniq rioya qilishga intildi[5].
O‘qituvchisi vafot etgandan soʻng, shoir 1903-yildan 1908-yilgacha chop etilgan „Asibi“ hamda 1908-yilda Ito Satio tomonidan asos solingan „Araragi“ jurnallarini tashkil etishda ishtirok etdi[6].
Takashi Nagatsuka 1915-yilda o‘pka silini davolash uchun Fukuokadagi Imperatorlik Kyushu universiteti kasalxonasiga yotqizildi. Kasallik zoʻrayib, hiqildoqqa ham taʼsir qildi va hatto Nagatsuka Takashini davolagan otorinolaringologiya sohasidagi mashhur mutaxassis Kubo Inokiti[7] ham shoirni qutqara olmadi. U 8-fevralda vafot etdi.
Ijodi
tahrirTakashining ijodidagi asosiy mavzu manzara lirikasi va qishloq turmushi edi. U qisqa umri davomida bir nechta she’riy to‘plamlar yozishga ulgurdi. Ularning orasida „Kasallik paytida yaratilgan qoʻshiqlar“ (1912-yil) alohida eʼtiborga loyiqdir[8].
Shoir 1906-yildan boshlab nasriy asarlar ham yoza boshlagan. Uning „Koʻmirchining qizi“ (1906), „Sado oroli“ (1907), „Batat kavlash“ (1908) kabi qissa va hikoyalari mashhur boʻlgan. 1910-yilda shuhrat qozongan „Yer“ romanini nashr etdi. Ushbu asarda dehqonlarning ogʻir turmushi, qishloq aholisining eng kambagʻal qatlamlari hayoti tasvirlangan boʻlib, ularning turmushi fojiali tarzda aks ettirilgan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ Takashi Nagatsuka — maʼlumot Katta sovet ensiklopediyasidan olindi..
- ↑ 小山 亨. „長塚節の歌碑“ (ja). 九州大学医学部 (2009-yil 17-aprel). Qaraldi: 2016-yil 3-may.
- ↑ „Краткие сведения об авторах“, Японская поэзия Серебряного века, 10000 экз, СПб.: Азбука-классика, 2005 — 460-bet. ISBN 5-352-00609-3.
- ↑ „Краткие сведения об авторах“, Японская поэзия Серебряного века, 10000 экз, СПб.: Азбука-классика, 2005 — 460-bet. ISBN 5-352-00609-3.
- ↑ Александр Долин. „История новой японской поэзии в очерках и литературных портретах“. Гиперион (2007). 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-may.