Takehara (yaponcha: 竹原市 Takehara-shi?) – Yaponiyaning Hirossima prefekturasida joylashgan shahar[1]. Shaharning umumiy maydoni 118,23 kvadrat kilometrni tashkil etadi.

Takehara

竹原市
Shahar
Skyline of Takehara
Takehara
Bayroq
34°20′30.3″N 132°54′24.9″E / 34.341750°N 132.906917°E / 34.341750; 132.906917
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chūgoku (Sanʼyō)
Prefektura Hiroshima
Hukumat
Maydon 118.23 km2 (45.65 kv mi)
Aholisi
23,350
Takehara xaritada
Takehara
Takehara
Takehara shahri markazining manzarasi
Takehara shahar markazining havodan koʻrinishi
Takehara tarixiy qoʻriqlash tumanidagi Taketsuru uyi

Geografiyasi

tahrir

Mihara Hiroshima prefekturasining janubiy markazida joylashgan. Ōsakikamijima, Yaponiya imperatorlik armiyasining zaharli gaz zavodi joylashgan orol Takeharaga tegishli.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Hiroshima prefekturasi

  • Mihara
  • Higashihiroshima
  • Ōsakikamijima

Takeharadagi oʻrtacha yillik harorat 15.4 °C (59.7 °F). Oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 1,212.3 mm (47.73 in). Harorat avgust oyida oʻrtacha eng yuqori, 26.5 °C (79.7 °F) va yanvar oyida eng past, 5.7 °C (42.3 °F) atrofida. Takeharada qayd etilgan eng yuqori harorat 34.8 °C (94.6 °F).

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Takehara aholisi 2020-yilda 23,993 kishini tashkil qiladi. Takehara 1960-yildan beri aholini roʻyxatga olish ishlarini olib boradi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
196036 424—    
196535 018−3.9%
197035 017−0.0%
197536 273+3.6%
198036 895+1.7%
198536 286−1.7%
199034 771−4.2%
199533 451−3.8%
200031 935−4.5%
200530 657−4.0%
201028 655−6.5%
201526 426−7.8%
202023 993−9.2%

Tarixi

tahrir

Takehara hududi qadimiy Aki provinsiyasining bir qismi boʻlib, tarixdan oldingi davrlardan beri oʻrnashib qolgan. Heian davrida u Kyoto shahridagi Shimogamo ziyoratgohi tomonidan nazorat qilinadigan shōen mulkining joylashuvi boʻlgan. 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Shimoichi qishlogʻi tashkil topdi. Takehara 1958-yil 3-noyabrda shahar maqomiga koʻtarildi. Takeharaning maxsus tarixiy okrugi qadimiy omborlar Yaponiyaning „Eng manzarali 100 ta shaharchasi“ qatoriga kiritilgan. 

Hukumati

tahrir

Takahara toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 14 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Mihara, Ōsakikamijima shahri bilan birgalikda Hiroshima prefekturasiassambleyasiga bir nafar aʼzosini qoʻshadi. Shahar milliy siyosat nuqtai nazaridan, Yaponiya parlament quyi palatasining Hiroshima 5-okrugiga kiradi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Takehara iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga asoslangan. Shahar, shuningdek, oʻzining tarixiy tumanini „Aki kichik Kyotosi“ sifatida sayyohlik maskani sifatida targʻib qilmoqda.

Taʼlim tizimi

tahrir

Takeharada sakkizta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktab va Hiroshima prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi mavjud. Hiroshima universitetining baliqchilik tajriba stansiyasi Takeharada joylashgan.

Manbalar

tahrir