Takrorlash
Takrorlash (psixologiyada) — muayyan bilimlar, materiallar, aqliy harakatlarning esga tushirilishi va oʻzlashtirilishiga imkon beradigan jarayon. T. matndagi soʻzlarning maʼnosiga qarab ular oʻrtasida fikriy aloqalar oʻrnatish, narsa va hodisalar mohiyati ichidan yangi munosabatlarni ochish, u yoki bu faoliyat usullarini inson tomonidan faollashtirish vositasi hisoblanadi. T.ning boshqa bir vazifasi harakat, koʻnikma va malakalarni yuzaga kelgan vaziyatlarga binoan turlicha mezonlar boʻyicha takomillashtirish sanaladi. T. yuzasidan maxsus tanlangan mashklarni bajarish, aqliy harakatlardan foydalanish oʻzgaruvchan sharoitlarda ham ijobiy natijalarga erishishni taʼminlaydi. T. natijasida shaxe fikrmulohazalarini umumlashtirish, yaxlitlash, anglash xususiyatiga ega boʻladi. Harakat, koʻnikma, malaka va mashklarni koʻp marotaba T. evaziga ular avtomatlashish imkoniyatiga erishadi. T.da matnni yaxlit, sidirgʻasiga, qismlarga ajratib, rejaga asoslanib, materiallar ichidan maʼnodosh soʻzlarni tanlash, uzluksiz mashq qilish vositasi bilan aloqa, munosabat oʻrnatiladi. T.ning samaradorligi koʻp jihatdan maʼnoli yoki maʼnosiz materiallarga, ularning oson yoki murakkabligiga, shaxening kayfiyatiga, qiziqishiga, intilishiga, yosh xususiyatiga bogʻliq.
Ergash Gʻoziyev.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |