Takson
Takson — oʻzaro qarindoshlik munosabatlari bilan bogʻlangan va boshqa guruhlardan alohidalangan muayyan taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, oila va boshqalarga mansub boʻlgan organizmlar guruhi. T. muayyan biologik obʼyektlarga tegishli boʻlishi bilan taksonomik kategoriyalardan farqqiladi. Mas., "kitsimonlar" yoki "umurtqalilar" tushunchalari tasnif qilinishi lozim boʻlgan organizmlar guruhini bildi. radi. Shunday qilib, "tur", "oila" va boshqalar T. boʻlolmaydi, lekin muayyan tur, mas., oddiy qaragʻay, uy pashshasi T. hisoblanadi (yana qarang Taksonomik kategoriyalar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |