Takt
Takt — tilshunoslikda nutqning fonetik birliklaridan biri; nutq zanjiridagi bir halqa sifatida boʻgʻindan katta, fraza (sintagma)dan kichik boʻladi, boshqacha aytganda, T. frazaning bir urgʻu bilan birikkan, qoʻshilgan, bir yoki bir necha boʻgʻindan iborat bir qismidir. Aksar tillarda barcha mustaqil soʻzlar, oʻz urgʻulariga ega boʻlganliklari sababli, alohida T.larga ajraladi; mustaqil boʻlmagan, yordamchi soʻzlar esa, urgʻuga ega boʻlmasligi sababli, oʻzlari alohida T. hosil qila olmaydi, balki urgʻuga ega boʻlgan mustaqil soʻzlardan avval (qindevropa tillarida) yoki ulardan soʻng (turkiy tillarda) joylashib, ular bilan birgalikda T. hosil qiladi. Masalan, "Oʻqish uchun iroda kerak" jumlasida 3 ta T. bor (oʻqish uchun; iroda; kerak).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |