Takt (metr birligi)
Takt (lot. tactus — tegish soʻzidan) — metr birligi; kuchli va kuchsiz hissalarning almashinuviga asoslanib, eng kuchli hissadan boshlanadi. Oddiy (2,3 hissali) va murakkab (bir necha oddiy metrik) guruhchalardan tashkil topgan T.lar boʻladi. Nota yozuviaya vertikal chiziq (takt ch izigʻi) bilan ajratiladi. T. tarkibi oʻlchov bilan belgilanadi. Teng T.larga ajratib boʻlmaydigan musiqa namunalari (yigʻi, katta ashula kabi) yozuvida T. chizikdari vositasida musiqa jumlalarining chegarasigina koʻrsatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |