Taktika
Taktika (yun. tasso — saflayman) — 1) harbiy sanʼatning tarkibiy qismi; qurolli kuchlarning turli qoʻshin turlari (flot kuchlari), qoʻshilmalar, qismlar(kemalar) va birikmalar hamda quruklikdagi, havodagi va dengizdagi maxsus qoʻshinlarni jangga va uni olib borishga tayyorlash nazariyasi va amaliyotini oʻz ichiga oladi. T. operativlik sanʼati va strategiyaga boʻysunadi; 2) belgilangan maqsadga erishish uchun ishlatiladigan vosita va usullar majmuasi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |