Tal
Tal (goll. talid) — yuk koʻtaradigan osma kurilma. Dastaki, elektr va pnevmatik xillari boʻladi. Dastaki T. muqim va koʻchma xillarga boʻlinadi. Bunday T. bilan yukni 12 m gacha balandlikka koʻtarish mumkin. Elektr T. yukni 4–30 m balandlikka koʻtaradi, koʻtarish tezligi 8–20 m/min. Elektr T. harakatlanadigan osma yoʻl bir yoki ikki relyeli boʻladi. T.da elektr tokidan foydalanish mumkin boʻlmagan hollarda pnevmatik T. qoʻllanadi. T. sexlar, ustaxonalar va boshqa joylarda ishlatiladi. T.lar bilan 0,25—10 t yukni koʻtarish mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |