Talarurus (grekchada, „savat dumli“ yoki „toʻqilgan dum“ degan maʼnoni anglatadi)  — Osiyoda boʻr davrining soʻnggi qismida yashagan ankilozavr dinozavrlari turkumi vakili, taxminan, 96—89 million yil oldin yashagan oʻtxoʻr zavr.

Talarurus suyaklari orqali tiklangan skelet.

Talarurusning ilk qoldiqlari 1948-yilda topilgan va keyinchalik rus paleontologi Yevgeniy Maleev tomonidan Talaraus plicatospineus turi bilan tavsiflangan. Zavr topilma qoldiqlarining elementlari tanadagi turli suyaklardan iborat. Bu turga aloqador beshta bosh suyagi topilgan, ulardan ikkitasi nisbatan dars ketgan holatda boʻlgan.

Ushbu zavr oʻrta boʻyli, ogʻir vaznga ega, yerda yashovchi, toʻrt oyoqli oʻtxoʻr hayvon hisoblangan. Umumiy hisobda boʻyi 5 metr(16 fut)gacha oʻsishi mumkin boʻlgan. Ogʻirligi taxminan 454—907 kg (1001—2000 ib), deyarli bir tonnagacha boʻlishi mumkin. Boshqa ankilozavrlar singari, uning tanasida ham tezligini cheklaydigan ogʻir zirhi va dumida himoyalanish uchun „toʻqmogi“ boʻlgan.

Kashf etilish tarixi

tahrir
 
Moʻgʻulistondagi qazilma joylar.

Talarurus qoldiqlari, ilk bora, hozirgi Moʻgʻuliston hududida joylashgan Gobi choʻlining janubi-sharqiy qismlaridan topilgan. PIN 557-91 holotip namunasi 1948-yilda sovet—moʻgʻul qoʻshma paleontologik ekspeditsiyasi tomonidan Bayan Shire formatsiya hududidagi qumli, qizil ohakli gil toshidan topilgan. Talarurus 1952-yilda rus paleontologi Yevgeniy Maleev tomonidan tasvirlangan va shaxsan oʻzi tomonidan nomlangan.

PIN 55nomli 7 namuna Maleev tomonidan asoslangan asl holotip hisoblanadi. Holotip tarkibida: bosh suyagining orqa qismi, tananing oksipital qismi, koʻp sonli umurtqalar, bir nechta qovurgʻalar, son suyagi, tirsak suyagi, tananing turli qismlariga tegishli zirh boʻlaklari boʻlganligi keltirib oʻtilgan. Talarurus nomi yunoncha tilaros („tálaros“, savat yoki toʻqilgan qafas degan maʼnoni) va oὐrĬ („orqa yoki dum“ degan maʼnoni anglatadi) soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, jonzotning dum qismi tashqaridan huddi suyaklardan jipslashtirilib toʻqilgan savatni eslatib yuboradi.

 
Trentodagi Fan muzeyida oʻrnatilgan skeletning toʻliq koʻrinishi.

Talarurus turli joylarda aniqlangan, kamida oʻnlab, individual namunalarga ega va ushbu topilmalar orqali biz ushbu jonzot haqida anchagina maʼlumot bilib olishimiz mumkin. PIN 3780/1 namunasi 1975-yilda qoʻshma Sovet—moʻgʻul paleontologik ekspeditsiyasi tomonidan Bayan Shire formatsiyasining Bayshin-Tsav hududidagi quruqlik choʻkindilaridan toʻplangan va hozirda Moskvadagi Rossiya Fanlar Akademiyasi Paleontologiya institutida saqlanadi.

Ushbu materiallar Talarurusga tegishli boʻlib, boʻr davrining Turon bosqichidan boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumotlar yetarli. Ushbu namuna bosh suyagining yuqori qismidan va boʻlakli skeletdan iborat[1]. 2006-yildan beri Koreya—Moʻgʻuliston qoʻshma xalqaro dinozavr loyihasi doirasida Baynshir va Shine Us Xuduk hududlarida topilgan koʻplab qoʻshimcha namunalar Talarurus bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. 2014-yildan beri ularga taʼrif berilmagan[2].

Bayshin Tsav oʻlkasidan bu turga tegishli yana bir namuna — bosh chanogʻining oksipital qism va miya gʻilofi — toʻliq boʻlmagan bosh suyagidan iborat qazilmalar topilgan. Baga Tarjach mavzesida toʻplangan ikkinchi taʼriflanmagan namuna sakkiz tishli ustki jagʻ suyagining bir boʻlagidan iboratdir. Bundan tashqari, ushbu jonzot boʻyicha yana bir qancha qoʻshimcha materiallar topilgan. 2007-yilda Koreya—Moʻgʻuliston xalqaro dinozavrlar tadqiqoti ekspeditsiyasi qazilma ishlari davomida MPC-D 100/1354, MPC-D 100/1355 va MPC-D 100/1356 namunalarini Gobi choʻlining sharqiy qismidagi Bayn Shir hududidan topishga muvaffaq boʻlishgan.

Ushbu namunalar 2019-yilda batafsil tavsiflangan boʻlib, Talarurus uchun qoʻshimcha anatomik va biologik maʼlumotlar tadqim eta oladigan uchta — oʻrta darajada saqlanib qolgan bosh suyagidan iborat. Ushbu yangi material hozirda Moʻgʻuliston Fanlar akademiyasining Paleontologiya va geologiya institutida doimiy ravishda saqlanmoqda[3].

Tavsiflanishi

tahrir

Dastlab Maleev Talarurusni oyogʻida toʻrtta barmoqqa ega deb taʼriflagan[4]. Biroq, oyoq artikulyatsiyada ushbu ehtimolni tasdiqlovchi biror fakt topilmagan. Tiklangan oyoq kompozitsiyadian koʻrish mumkinki, zavrning panja barmoqlari 3ta boʻlgan. Nega deganda, maʼlum boʻlgan barcha ankilozavrlar uchbarmoqli boʻlishgan. Pinacosaurusning barmoqlari ham toʻrtta boʻlganligi haqida keltirilgan farazlar oʻrinsizdir. Bular ham tushunmovchilikka asoslangan edi.Talarurus koʻrinishi begemotga oʻxshash boʻlib, koʻkrak qafasi bochka shaklida va old oyoqlari juda kuchli boʻlgan.[2].

Oʻlchami va farqlovchi xususiyatlari

tahrir
 
1,8 metr balandlikdagi odam va talarurus.

Talarurus oʻrta boʻyli ankilozavr boʻlgan, Tomas Xolts va Gregori S. Pol uning en uzunligini 5 metr(16 fut) deb hisoblagan. Pavlus ushbu zavrning oʻgʻirligi 2 tonnaga yetishi mumkinligi haqida maʼlumotlar keltirib oʻtgan[5], Ammo Holtz uni taxminan 454-907 (1001-2000 ib) oraligʻida deya baholagan[6]. Boshqa ankilozavrlar singari, uning keng tumshugʻi, tanasi boʻylab oʻtadigan, keng zirhni tashkil etuvchi kuchli osteodermalari hamda tumida toʻp shaklida boʻlgan. toʻqimalardan tashkil topgan zirhli quroli boʻlgan.

Uning oyoq-qoʻllari kalta biroq, mustahkam boʻlib, keng va yumaloq qorni uchun tayanch vazifasini oʻtab bergan[4][3]. Talarurus barcha maʼlum ankilozavrlardan farq qiladi. Misol sifatida keltiradigan boʻlsak, „amerikalik“ nodosefalozavrdan bilan solishtirganda, burnida konus shaklidagi aylana asosli kaputegulalar mavjudligini koʻrishimiz mumkin[2].

Manbalar

tahrir
  1. Kurzanov, S. M.; Tumanova, T. A. (1978). „The structure of the endocranium in some Mongolian ankylosaurs“. Paleontologicheskii Zhurnal (Russian). 3-jild. 369–374-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  2. 2,0 2,1 2,2 Arbour, V. M. (2014). „Systematics, evolution, and biogeography of the ankylosaurid dinosaurs“ (PDF). Ph.D Thesis. 265-bet.
  3. 3,0 3,1 Park, J. Y.; Lee, Y. N.; Currie, P. J.; Kobayashi, Y.; Koppelhus, E.; Barsbold, R.; Mateus, O.; Lee, S.; Kim, S. H. (2019). „Additional skulls of Talarurus plicatospineus (Dinosauria: Ankylosauridae) and implications for paleobiogeography and paleoecology of armored dinosaurs“. Cretaceous Research. 108-jild. 104340-bet. doi:10.1016/j.cretres.2019.104340.
  4. 4,0 4,1 Maleev, E. A. (1952). „Noviy ankilosavr is verchnego mela Mongolii“ (PDF). Doklady Akademii Nauk SSSR (Russian). 87-jild, № 2. 273–276-bet. {{cite magazine}}: Unknown parameter |trans_title= ignored (|trans-title= suggested) (yordam)CS1 maint: unrecognized language ()
  5. Paul, G. S.. The Princeton Field Guide to Dinosaurs. Princeton, New Jersey: Princeton University Press, 2010 — 231-bet. ISBN 978-0-6911-3720-9. 
  6. Holtz, T. R.. Dinosaurs: The Most Complete, Up-to-Date Encyclopedia for Dinosaur Lovers of All Ages. Random House, 2007.  Genus List for Holtz 2012 Weight Information