Taldiqoʻrgʻan — (qozoqcha: Талдықорған) Almati viloyatining markazi. Aholisi 130 797 kishi. Qozogʻiston Respublikasi janubiy-sharqida Jetisuv Olatogʻining gʻarbida joylashgan. Markaziy Osiyo, Rossiya davlatlariga qatnaydigan aeroport, temir yoʻl stansiyasi bor. Taldiqoʻrgʻan shahridan Astana shahrigacha oraliq masofa 758 km, Almatigacha 279 km. Taldiqoʻrgʻanda akkumulyator, meva, konserva zavodlari; tikuvchilik, poyabzal, mebel fabrikalari, qurilish materiallari kombinati, pedagogika institut, tarixoʻlkashunoslik muzeyi, teatr bor. Aeroport, avtovokzal ishlab turibdi.

Taldiqoʻrgʻan
qoz. Талдықорған
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
45°1′0″N 78°22′0″E / 45.01667°N 78.36667°E / 45.01667; 78.36667
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Almati viloyati
Hukumat
 • Akim Alpisov Yermek Amantaevich
Asos solingan 1868
Avvalgi nomlari Gavrilovka / Gavrilovskoe, Taldi-Qoʻrgʻan
Maydon 74 km2 (29 kv mi)
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2013)
157,646[1]
Milliy tarkib qozoqlar 64,96 %
ruslar 25,47 %
koreyslar 3,61 %
tatarlar 1,94 %
olmonlar 1,10 %
ukrainlar 0,75 %
uyg'urlar 0,67 % [2][3]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7282[4]
Pochta indeks(lar)i 040000[5]
Avtomobil kodi B, 05
Taldiqoʻrgʻan qoz. Талдықорған xaritada
Taldiqoʻrgʻan qoz. Талдықорған
Taldiqoʻrgʻan
qoz. Талдықорған
Taldiqoʻrgʻan qoz. Талдықорған xaritada
Taldiqoʻrgʻan qoz. Талдықорған
Taldiqoʻrgʻan
qoz. Талдықорған

Tarixi

tahrir

19-asrning 2-yarmida Gavrilovka qishlogʻi (1920-yildan Taldiqoʻrgʻan) oʻrnida vujudga kelgan. 1930-yildan Qozogʻistonning Olmaota okrugi, Toldiqoʻrgʻon tumani markazi. 1967-yildan — 1998-yilgacha Toldiqoʻrgʻon viloyati markazi boʻlgan.

Aholisi

tahrir

Shaharning milliy tarkibi 2010 yil 1-yanvargi.[2][3]

Ijtimoiy soha

tahrir

Madaniyat va maorif sohasi

tahrir

Shaharda S.Seyfullin nomli shahar kutubxonasi, shahar bolalar kutubxonasi, V.Mayakovskiy nomli kutubxona, M. Tinishpaev nomli muzeyі, І. Jansugirovning adabiy muzeyi, І. Jansugirov nomli madaniyat uyi. Shuningdek, І. Jansugirov nomli Jetisuv davlat universiteti, tibbiyot kolledjі, Q. Bayseitov nomli musiqa kolledji, iqtisodiy-texnik kolledj, 3 kasbiy-texnik litsey va maktablar, umumiy bilim beruvchi 22 maktab faoliyat yuritadi.

Tibbiyot sohasi

tahrir

Shahar shifoxonasi, shahar kordiologiya markazi, sanitar-epidemiologik stansa, viloyat onkologiya dispanserі, ayollarga shifokorlik yordam beruvchi markaz, viloyat kasalxonasi, viloyat bolalar kasalxonasi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, tuberkulez dispanserі, viloyat narkologiya dispanserі, shahar tez yordam stansasi, shahar qon markazi va boshqalar aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Iqlimi

tahrir

Shahar iqlimi kontinental, Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −11 — 13 °C, iyulda — 22-24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori — 350 — 400 mm. Uning asosiy qismi mart-may va noyabr-dekabr oylariga toʻgʻri keladi. Yiliga 50 kungacha qurgʻoqchilik boʻladi.

Manbalar

tahrir