Taliqon tumani
(Taluqon tumani, Taxordan yoʻnaltirildi)
Taluqon (dariycha: تالقان) — Afgʻoniston shimoli-sharqida joylashgan Taxor viloyatidagi tuman. Shaharning jami aholisi 258 219 (2015) va 6 ta politsiya okrugi (naxias) mavjud. Shaharning umumiy yer maydoni 10 744 gektar boʻlsa[1], jami 28 691 turar joy mavjud.
Taluqon Afgʻoniston shimolidagi savdo va tranzit (bir hududdan ikkinchi hududga uchinchi hudud orqali yoʻlovchi, yuk vhk. olib oʻtish) markazi hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligi yerlarning asosiy qismini (55 %) tashkil etsa-da[2], 28 691 ta turar-joy ham mavjud. Turar-joylarning deyarli yarmi 6-okrugda joylashgan. Xonobod daryosi Taluqondan oqib oʻtadi va umumiy yerdan foydalanishning 7 % ni tashkil qiladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „The State of Afghan Cities Report - vol 2 2015“. Qaraldi: 22-oktabr 2015-yil.
- ↑ „The State of Afghan Cities Report - vol 2 2015“. Qaraldi: 22-oktabr 2015-yil.„The State of Afghan Cities Report — vol 2 2015“.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |