Tamarxoʻt koʻliSurxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi koʻl; Kishtut daryosi boʻyida. Tamarxoʻt qishlogʻi yonida, 3000 m balandlikda. Togʻ qulashidan hosil boʻlgan. Koʻl doyra shaklida, diametri 500 m. Suvi tiniq. Koʻlda osmon baliq koʻp. Qirgʻogʻida qayin daraxtlari, atrofida archazorlar, subalp va alp utlokdari bor.