Tampere
Tampere, Tammerfors – Finlandiyaning janubi-gʻarbiy qismidagi shahar, turli balandlikdagi Nasiyarvi va Pyuxyayarvi koʻllarini bogʻlab turuvchi KokemyaenYoki daryosi boʻyida joylashgan. Aholisi 193,1 ming kishi (1999). Iktisodiy ahamiyati boʻyicha mamlakatda Xelsinkidan keyin 2oʻrinda. Muhim sanoat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik, toʻqimachilik, sellyulozaqogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari; GES, untlar, badiiy galereya, muzeylar bor. Shahar haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1405-yilga oid manbalarda uchraydi. 1779-yildan shahar maqomini olgan. 19-asr oʻrtalarigacha yirik toʻqimachilik markazi boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan sobor (1902— 07), vokzal binosi va boshqa saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |