Tange kendzo
Kendzo Tange (1913.4.9, Imabari — 2005, Tokio) — yapon meʼmori. Tokio universitetini tugatgan (1938). Binolarni atrof muhit bilan uygʻunlashtirib, qulay, ixcham va chiroyli qurish yoʻllarini izlagay, milliy meʼmorlik anʼanalarini ijodiy rivojlantirgan. Anʼanaviy yogʻoch qurilmani zilzilabardosh temirbeton qurilmaga aylantirib, undan mahobatli, sirli, bezakdor, murakkab loyihadagi „zamonaviy arxitektura“ inshootlarini oʻziga xos koʻrinishda yaratdi: Xirosimadagi Tinchlik parki ansambli (1951—1952), Sidzuokedagi majlislar zali (1957), Tokiodagi Olimpiada oʻyinlari sport inshootlari majmui (1964), Xirosimadagi Xalkaro konferensiya markazi (1989), Iokogamedagi sanʼat muzeyi (1989) va boshqa Jeneva (1959), Skopye (1965), Bolonya (1970)dagi, shuningdek, Singapur, Tailand, Avstraliya, Bruney (1989) shaharlaridagi T.K.ning loyihasi asosida qurilgan binolar, shaharlarni zamonaviy davr talabida kurish yoʻlidagi ijodiy yutugʻi namunalaridir. Ijodining yangi qirralari Tokiodagi „Tokio uymehmonxonasi“ (2000), Tayvandagi Xalqaro prezident minorasi (2001) kabi zamonaviy inshootlarda oʻz aksini topmoqda. T. koʻpgina xorijiy mamlakatlar faxriy unvonlariga sazovor boʻlgan, shuningdek, orden va medallar sovrindori.
Adabiyotlar
tahrir- Kendzo Tange, Arxitektura Yaponii. Traditsiya i sovremennost, M., 1976.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |