Tanglay
Tanglay — burun va ogʻiz boʻshligʻini bir-biridan ajratib turadigan anatomik tuzilma. Kattiq va yumshoq T. boʻladi. Qattiq T. yuqori jagʻ suyagining tanglay oʻsigʻi bilan tanglay suyagi kundalang plastinkalarining birikuvidan vujudga keladi. Yumshoq T. shilliq parda bilan qoplangan muskullardan iborat. Yumshoq T.ning orqa uchida oʻsiqcha— tilcha bor. Yumshoq T. yon tomonlarida ravoqlar hosil qilib, til va halqum bilan birlashadi. Ravoqlar orasida har iyusi tomonda (uchburchak shaklida) murtak boʻshligʻi boʻlib, unda tanglay murtagi joylashgan. Qattiq va yumshoq T. shilliq qavati ostida mayda soʻlak bezlari, shilliq qavatida esa qon tomirlari va nervlar bor.
T. kasalliklari tugʻma va orttirilgan boʻladi. Yumshoq yoki qattiq T.ning tugʻma nuqsoni koʻp uchraydi. Bu embrional rivojlanish davri (homila)da tanglay oʻsiqlarining oʻzaro yoki yumshoq tanglayning muskulli tuzilmasi bilan jipslashmay qolishidan yuzaga keladi. Buni "boʻri tanglay" deyiladi. T. ning orttirilgan kasalliklariga uning shikastlanishi yoki kasallikdan zararlanishi, yalligʻlanishi (mas., stomatit), xavfli va xavfsiz oʻsmalar va boshqa kiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |