Tanlash usuli (matematik statistikada) — statistik kuzatishlar usuli. Bunda statistik toʻplamning umumiy xossalari toʻplamning hamma elementlari emas, balki undan tanlab olingan tanlanmaga kirgan elementlari orqali oʻrganiladi. Tanlash usuli matematik statistikaning 2 muhim boʻlimi: chekli toʻplamdan tanlash va cheksiz toʻplamdan tanlash nazariyasiga asoslanadi. Chekli toʻplam dan tanlama olish nazariyasi sifat boʻyicha statistik nazorat oʻtkazish usulining asosi boʻlib, koʻpgina sotsiologik tekshirishlarda qoʻllanadi. Tanlash tasodifiy ravishda oʻtkazilsa, extimollar nazariyasiga koʻra, tanlab olingan tanlanma statistik toʻplam haqida toʻgʻri maʼlumot beradi. Bu holda statistik toʻplamning hajmi (elementlar soni) N tenglamaning hajmi p ga teng boʻlsa, tanlanmaning elementlariga bir xil ehtimollik yoziladi. Amalda, koʻpincha, tanlab olingan tanlanma (elementlar) statistik toʻplamga qaytarilmaydi (kaytarilmaydigan tanlanma). Agar tanlab olish har bir tanlanmani oʻrganilayotgan tuplamga qaytarish yuli bilan bajarilsa, u kaytariladigan tanlama deyiladi. Qaytariladigan tanlanma, asosan, nazariy tekshirishlarda qoʻllanadi. Agar tanlanmaning hajmi p statistik toʻplamning hajmi N dan juda kichik (n"N) bulsa, bu ikki tur chekli tanlanmalar deyarli bir-biridan farq qilmaydi. Tanlash usuli bilan statistik tuplamning sifat yoki miqdor belgilari urganiladi. Masalan, statistik nazorat oʻtkazish masalalarida N ta element orasida nechta nuqsonli element borligini aniqlash shunday masalalardan biridir.

Statistik toʻplam cheksiz boʻlganda undan olingan tanlanmani kaytarish yoki qaytarilmasdan olinganligi ahamiyatga ega emas. Bu xrlda tanlanmaning %t, 52>…, gʻp elementlari uzaro bogliqsiz tasodifiy miqdorlar deb karalsa, statistik toʻplam belgilarini oʻrganish soddalashadi.