Tanzimot farmoni bu Turkiya tarixidagi g'arblashish harakatining birinchi qadami hisoblanadi. Bu farmon 1839-yilning 3-noyabrida Sulton Abdulmejid hukmronlik qilgan yillarda Tashqi ishlar vaziri Koja Mustafo Reshid Posho tomonidan o'qib eshittirilgan. Farmon Gulhane bog'ida

o'qib eshittirilganligi uchun Gulhane Hatt-i Şerifi (Sultonning yozuvi), Gulhane Hatt-i Humayunu yoki Tanzimat-i Hayriye (Xayrli tartiblashlar) nomlari bilan ham ataladi. Bu farmon orqali davlat o'zini yangilash kerakligini ifoda etgan. Fransuz inqilobi sababli Usmoniylar saltanatida ziyolilar va yangidan-yangi g'oyalar yuzaga chiqa boshlagan.

Ziyolilar, ayniqsa konstitutsiyaviy hukumat tazyiqlarining salbiy ta'siridan, olib borilgan islohotlarni doimiy qilish g'oyasidan va Fransuz inqilobi bilan mamlakatga kirib kelgan millatchilik g'oyalaridan xalos bo'lish uchun 1839 yil 3 noyabrda Gulhane bog'ida e'lon qilindi.

1839-yil 3-noyabrda Tashqi ishlar vaziri Mustafo Reshid Posho tomonidan oʻqib eshittirilgan “Gulhâne Hatt-i Humayunu” sababli boshlangan deb qaraladigan Tanzimat harakati, davlat ishlaridagi nosozliklarni yangidan ta'sis qilish maqsadida edi. Biroq harbiy, fuqarolik va huquqiy sohalarda qilingan reformalar, siyosiy tartib o'zgarishi bo'libgina qolmay, undan ham ta'sir qilgan va turkiy tafakkur tizimida tub o'zgarishlarga zamin yaratdi.

Farmondagi umumiy masalalar

tahrir
  • usmoniylar saltanatining barcha fuqarolarining jon, mol-mulk va nomus havfsizligi ta'minlanadi.
  • Sud qarorolarida shaffoflik ta'minlanadi. Hech bir fuqaro sud qilinmasdan turib qatl etilmaydi. (Huquq davlat ustuvorligini o'zida aks ettirishi kerak.)
  • Soliqlarda adolat ta'minlanadi.
  • Erkaklar o'n yil harbiy xizmatni o'tashi majburiy qilib belgilanadi.
  • Poraxo'rlikka baham beriladi.
  • Har bir fuqaroning mol-mulk egasi bo'la oladi va bu mol-mulkini meros qilib qoldira oladi. (Ayniqsa, xususiy mulk havfsizligi himoya ostiga olinadi.[1]

Ushbu farmonda qalamga olingan barcha va'dalar to'liq bajarilmagan bo'lsa ham zamonaviylashishga va insonlar ongida respublika bpo'lish fikrini uyg'otishga sabab bo'lgan. Tanzimot farmoni o'qib eshittirilganidan to Birinchi Konstitutsiyaviy monarxiya eʼlon qilinishigacha boʻlgan davr Usmonlilar tarixida Tanzimat davri (1839-yil 3-noyabr – 1876-yil 22-noyabr) nomi bilan ataladi.

Tanzimat farmoni va islohot farmonining e’lon qilinishi sabablari

tahrir
  • Misr gubernatori Mehmet Ali Posho [2] masalasida Yevropadan yordam olish.
  • London bo'g'ozlari konventsiyasida Yevropadan yordam olish
  • Yevropaning Usmonlilar imperiyasining ichki ishlariga aralashishini oldini olishga urinish [2]
  • Fransiya inqilobining millatchilik ta'sirini kamaytirish [2]
  • Musulmon bo'lmaganlarni davlatga ulash [2]
  • Fransuz inqilobining ta'siri bilan konstitutsiyaviy hukumatga ega bo'lishni istagan ziyolilarning bosimini kamaytirish , e'lon qilish sababi Tanzimat Fermanı bilan o'xshashdir . Bu farmon Yevropa davlatlarining qo'llab-quvvatlashini olish va Qrim urushini tugatuvchi Parij shartnomasida foyda olish uchun e'lon qilingan.

Tanzimat farmoni va uning fikriy hayoti

tahrir

Tanzimat davrida yetishib chiqqan ziyolilar tafakkuridagi yana bir e’tiborga molik o‘zgarish Turkiston turklarini ham o‘z ichiga olgan turk millatchiligi g‘oyasining paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ldi. Chunki Tanzimat davrigacha Usmonlilar davlati chegaralaridan tashqarida yashagan turklar ko‘p e’tiborga olinmagan. 15—18-asrlarda Chigʻatoy adabiyotidan soʻng baʼzi Usmonli shoir va yozuvchilari, ayniqsa Ali Shir Nevaiyning asarlari; Biroq, Tanzimatdan oldingi davrlarda turklar deyilganda, umuman olganda, Usmonlilar o'lkasida yashovchi odamlar esga tushardi.

Yana qarang

tahrir

Andoza:Vikikaynak-Osmanlıca

63x63px Çokdilli Vikikaynak'ta

Tanzimat Fermanı

metnini Osmanlıca harflerle okuyabilirsiniz.

Manbalar

tahrir
  1. „Arşivlenmiş kopya“. 29 ağustos 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 ağustos 2022.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Atatürk ve Türk İnkılâp Tarihi — 41-44-bet.