Taqlid
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Taqlid (arab. — „oʻxshatish“, „koʻchirish“, „nusxa olish“) — ijtimoiy, maʼnaviy hayotda, turmush tarzida, kasbhunarda, badiiy ijodda oʻzgalarga oʻxshashga intilish, ergashish. Taqlid koʻpincha sanʼat, badiiyestetik soha bilan boklits. Estetik taqlid nazariyasini ishlab chiqishga, uning inson tarbiyasi uchun muhim amaliy ahamiyatga egaligi haqidagi mulohazalarni tizimga solishga urinishlar borasida Sokrat, Pifagor, Platon, ayniqsa, Aristotel qarashlari diqqatga sazovor. Aristotel „Metafizika“, „Poetika“ („Sheʼr sanʼati“, „Ritorika“ („Notiklik sanʼati“), „Fizika“ asarlarida taqlidga estetik tamoyil sifatida qaradi, taqlidning shakllangan nazariyasini yaratdi. Uning fikricha, sanʼat mohiyatan Olamiy aqlga, ilohiy va tabiiy olamga boʻlgan taqlidning mahsulidir. Forobiy va Ibn Sino Aristotelning taqlid nazariyasini sharhlab, uni yuksak pogʻonaga koʻtardi. Forobiy „Sheʼr sanʼati“ risolasida „sheʼr biror narsaga taqlid qilingan soʻzlardan tashkil topishi kerak“, deydi. Ibn Sino „Fan ashsheʼr“ asarining ikkinchi faslini taqlid nazariyasiga bagʻishlagan.
Insoniyat tarixida butui bir madaniyestetik davrlar taqlid bilan bogʻliq; mazkur davrlar jamiyatlari taraqqiyotida taqlid katta iz qoldirgan. Qad. Rim madaniyatining Yunoniston madaniyatiga taqlidan rivojlanganligi buning yaqqol misolidir.
Psixologiyada taqlid yangi, namunaviy narsalar va hodisalar tashqi koʻrinishiga asoslangan holda ularni egallashga intilish jarayoni. U barcha yoshdagi insonlarga xos xususiyatdir. Taqlidning tashqi oʻxshashligiga qaramasdan, har bir yosh davridagi taqlid oʻziga xos xususiyatlarga ega. Ilk bolalikda odam taqlid orqali kattalar bilan dastlabki aloqa, muloqot oʻrnatishga intiladi. Maktabgacha yoshda inson faoliyatining muhim tarkiblariga kirishga harakat qiladi. Bolalar syujetli, rolli oʻyinlar ijro etishda oshkora voyaga yetganlar hayoti va faoliyatiga, xulqatvorita kirib boradi, voqelik, vaziyat mohiyatini aks ettira boshlaydi. Oʻsmirlik yoshida kattalarga yoki tengdoshlariga oʻxshashlikka intilish orqali oʻzi uchun ahamiyatli shaxs fazilati, xulqodobini oʻzlashtiradi. Oʻspirinlarda kasbiy faoliyatga taqlid qilish kuchliroq aks etadi. Voyaga yetgan odamlar ham taqlid qilishga moyildirlar. Ular yurishturishda, ish yuritishda, imorat qurishda, kiyinishda, sportda va shu kabida taqlid qilishga intiladilar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |