Taran, (harbiy ishda) — 1) qamal quroli (uchiga temir paykon oʻrnatilgan toʻsin); qadimda, oʻrta asrlarda qalʼa devorlarini buzish maqsadida qoʻllangan; 2) eshkakli yoki zirxli (bronenosets) flotlarda dushman kemasiga zarba berish uchun moʻljallangan kema uchining suv osti qismidagi turtib chiqqan qismi; 3) havo, dengiz va tank jangida qoʻllaniladigan usul: samolyot fyuzelaji (vinti yoki qanoti), kema, tank korpusi bilan dushman samolyoti, kemasi, tankiga zarba berish.