Tarh
Tarh (arab.) — meʼmorlikda bino, inshoot, bogʻ va boshqa loyihassh. Amaliy bezak sanʼati (naqqoshlik va boshqalar)da bezak — naqshning xomaki chizmasi, loyihasi. Mas., naqqosh bezatiladigan sirtga moslab naqshning shakli (axtasi)ni oldin qogʻozga ishlaydi, keyin uni devorga koʻchiradi (devor sathini boʻlaklarga boʻlib chiqadi, qaysi gul qayerga tushishini aniklaydi). Bu jarayon naqsh Tarhini tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Tajribali naqqoshlar Tarhni birdaniga devorning oʻziga chizib tayyorlashlari ham mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |