Tarixi Abulfayzxon
Tarixi Abulfayzxon — nomli tarixiy asar, muallifi XVIII asr tarixchisi Abdurahmon Davlatdir.
Tarixi
tahrirAbdurahmon Davlat Ashtarxoniy hukmdorlar Ubaydullaxon va Abulfayzxon davrida Buxoro xonligi saroyida xizmat qilgan shoir, munajjim va tarixchi olim. U koʻproq Abdurahmon Tole nomi bilan mashhur boʻlgan. Abdurahmon Davlat „Tarixi Abulfayzxon“ nomli asar yozdirib qolgan. Mazkur asar hajmi jihatidan kichik (161 varaq) boʻlib, „Ubaydullanoma“ asaring davomi hisoblanadi va Buxoro xonligining 1711—1723-yillar orasidagi ishtimoiy-siyosiy tarixini oʻz ichiga oladi[1]. Maʼlumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoro xonligining iqtisodiy va siyosiy ahvoli zaiflashgan: ulus boshliqlaring, yaʼni mahalliy hokimlarning mustaqillik uchun olib borgan harakati kuchayadi, ularning ayrimlar masalan, Balx va Samarqand markaziy hokimiyatga boʻysunmay qoʻydilar; Fargʻona XVIII asrning boshlarida (1709-yili) Ashtarxoniylar davlatidan ajralib chiqdi va bu oʻlkada mustaqil Qoʻqon xonligi tashkil topdi; 1722-yili Samarqand ham mustaqillik eʼlon qildi va Rajabjon ismli kimsani xon qilib koʻtardilar (1722—1728-yillar); oʻzaro urushlar boshlanib ketdi. Tarixi Abulfayzxon asarining muallifi manashu masalalarni keng yoritib bergan. Bundan tashqari asarda Buxoro xonligining maʼmuriy tuzilishi va oʻzbek xalqining oʻsha yillardagi etnik tarkibi haqida ham ayrim, diqqatga sazovor dalil va maʼlumotlar mavjud. Asar fors-tojik tilida yozilgan va O‘zFA Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxasi (№ 11) asosida rus tiliga o‘girilib chop etilgan „Tarixi Abulfayzxon“ning toʻliq ruscha tarjimasi, zarur izohlar bilan, 1959-yili A. A. Semyonov tomonidan Toshkentda nashr qilingan. Mazkur asar ashtarxoniylar sulolasi tarixi oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi[2].