Tarona (fors.) — qoʻshiq, ashula turi. Oʻtmishda ruboiy shaklidagi sheʼrlar bilan ijro etiladigan qoʻshiq va ashulalar T. deb yuritilgan. T. atamasi, ayniqsa 14—15 a.lardan keng qoʻllanila boshlagan. Najmiddin Kavkabiy va Darvishali Changiypshnt musiqa risolalarida kuy (qoʻshiq)ning muayyan shakli sifatida tushuntirilgan; Oʻn ikki matsom tizimida Ushshoq maqomi T. deb xam atalgan. "T." atamasi bizgacha maqomlarning tarkibiy qismi (xususan, 15—17 a.larda keng qoʻllangan naqsh, amal, kor, qavl, rexta, sajʼ, savt, zarbayn kabi kuy va qoʻshiq shakllari)ning umumlashgan nomi sifatida yetib kelgan. Ularni Shashmaqom, Xorazm va Fargʻona — Toshkent makom turkumlari.tarkibidagi T.lar orkali tasavvur et’ish mumkin. Jumladan, Shashmaqom ning 1gurugʻ shoʻʼbalari tarkibidagi T.larning umumiy soni 57 ta boʻlib, ular hajman ixcham koʻrinishdan tortib, shaklan rivojlangan, bastakorlik ijodiyotiga mansub ashulalargacha boʻlgan namunalarni oʻzida mujassam etgan (mas., xalq qoʻshigʻiga yaqiya boʻlgan Saraxbori Dugoxning 2 T.si, bastakorlik ijodiyotiga mansub 6T.si) va boshqa Xorazm maqomlari turkumida sof "T." nomli yoʻllaridan tashqari, oʻzga maqomlarda uchramaydigan Suvora, Naqsh, Faryod kabi ashula qismlari mavjud. T.ga turdosh mazkur aytimlarning musiqiy tuzilishi asosan rivojlangan shoʻʼba shakliga moye keladi, ularning har biri murakkab usullariga asoslanib, mumtoz shoirlar sheʼrlari bilan aytiladi. Fargʻona — Toshkent maqomlari tarkibida dastlabki qismlardan keyin keluvchi ashulalarning ayrimlari oʻzining tuzilishi, vazni va doyra jihatidan T.larni eslatadi. Ushbu turkum taronalari ham Xorazm maqom taronalari singari shaklan shoʻʼbalar darajasiga yetgan ashulalardir. Mazkur T.larning musiqiy tili ham, uslubi ham murakkab. Baʼzan T.larning kuy rivojida namudlar ham uchraydi. T.lar koʻpincha 3/4, 4/4, 3/4=3,8, 3/4Q4/4, 6/4 va, hatto murakkab 13/4 oʻlchovidagi Suvora usuliga bogʻlab aytiladi. Maqom T.lari makrmlarning 2 asosiy shoʻʼbasini oʻzaro bogʻlaydi, hajman yirik, tabiatan vazmin asosiy shoʻʼbalar orasida yangilanish (kontrast)ni yuzaga keltiradi, asosiy shoʻʼbalarning ijrochi (yetakchi hofiz)lariga dam olish imkoniyatini yaratadi. T. atamasi hozirgi zamon musiqa amaliyotida kuy, ogʻang maʼnosida ham keng qoʻllanadi (mas., "Sharq taronalari", "Chang taronalari").

Shahnoza Oyxoʻjayeva.