Tarovih namozi

Islomda Ramazonda oʻqiladigan namoz

Tarovih namozi (arabcha: تراويح — xordiq chiqarish, tin olish), Tahajjud (arabcha: تهجُّد), Qiyom al-Layl (arabcha: قيام الليل — tungi qiyomda turish)- Ramazon oyi davomida kechalari oʻqiladigan namoz.

Tarovih namozi

“Tarovih” lug‘atda “orom oldirish, dam berish” ma’nolarida kelgan “tarveha” so‘zining ko‘plik shaklidir. Istilohda Ramazon oyida xuftonning sunnati va vitr namozi o‘rtasida o‘qiladigan namozga nisbatan ishlatiladi. Namozning har to‘rt rakatidan so‘ng tuxtab, dam olingani uchun “tarovih” deb nom berilgan.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Kim Allohdan savob umid etib, Ramazon namozini (tarovihni) o‘qisa, oldingi gunohlari kechiriladi”, deya marhamat qilganlar (Buxoriy “Salotut-tarovih”, 1; Muslim “Musofirin”, 174).

Hazrati Umar xalifa bo‘lgach, odamlarni tarqoq holda tarovih namozini ado etayotganlarini ko‘rib, bu namozni yana jamoat bilan o‘qishni joriy qildilar (“Muvatto ”, 84). Hazrati Ali ham: “Umar masjidlarimizni tarovihning fayzi ila nurlantirganidek, Alloh ham Umarning qabrini shunday nurlantirsin”, deya duo qilib, bu ishdan mamnun bo‘lganlarini bildirganlar.

Hazrati Umar, Hazrati Usmon va Hazrati Ali davrlaridan boshlab, hozirgi kungacha tarovih namozi yigirma rakat o‘qiladi. Sahobalardan hech kim bunga e’tiroz bildirmagan, ulamolar tarafidan ham shu shaklda o‘qish qabul qilingan.[1] Tarovih namozini o‘qish musulmon erkak va ayolga sunnati muakkadadir. Tarovih namozi ramazon oyida xufton namozidan so‘ng, vitr namozidan oldin o‘qiladi. Tarovih yigirma rakatdir. Har ikki rakatdan so‘ng salom beriladi. Har ikki salomdan so‘ng, yaʼni to‘rt rakatdan keyin va vitr namozi bilan tarovih namozining oxirgi salomi o‘rtasida bir oz orom olinadi. Bu mustahabdir. Bu vaqtda tasbeh aytish yo qiroat qilish yoki tek o‘tirish mumkin.

Tarovih namozini jamoat bilan o‘qish musulmon erkaklarga sunnati kifoyadir. Tarovih namozining bir necha qismiga kechikib jamoatga qo‘shilgan kishi vitr namozini jamoat bilan o‘qigach, tarovihning qolgan rakatlarini o‘zi o‘qib oladi.

Turib o‘qishga qodir kishi tarovih namozini o‘tirib o‘qishi makruhdir. Shuningdek, imom ruku’ga borguncha unga iqtido qilmay, kutib turish ham makruh bo‘ladi. Tarovih namozini tez o‘qish niyatida shoshib qiroat qilinmaydi, taʼavvuz, tasmiya, salovot, qavma va jalsa tark etilmaydi[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Tarovih haqida“. 2019-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-may.
  2. Taroveh qanday ado etiladi?[sayt ishlamaydi]