Stirling dvigateli
Stirling dvigateli, tashqi yonuv dvigateli — tashqaridan keltiriladigan issiklik energiyasini foydali mexanik ishga aylantiradigan dvigatel. Ingliz ixtirochisi R. Stirling 1816-yil yaratgan. U qizdirilgan havo bilan ishlaydi. Stirling dvigatelida ish jismi sifatida gaz (geliy yoki vodorod) dan foydalaniladi. Gazning bosimi 10 — 20 MPa. Gaz berk fazoda boʻlib, dvigatel ishlashi paytida almashinmaydi, balki qizishi va sovishi natijasida faqat hajmi oʻzgaradi. Regenerator bu fazoni yuqori va pastki boʻshliqqa boʻladi. Yuqori boʻshliqqa qizdirgichdan issiqlik keladi, pastkisidan sovituvchi suv bilan chiqarib yuboriladi. Stirling dvigateli silindrida 2 ta porshen (biri ish, ikkinchisi haydash) boʻladi. Dvigatelda ish sikli 4 taktda (siqish, qizdirish, ish yoʻli va sovitish) bajariladi. Stirling dvigateli yuk avtomobillari va kemalarida ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |