Tashtdor — Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatida (12—13-asrlar) sulton xammomlari va hovuzlarining boshligʻi. T.ning qoʻl ostida bir necha gʻulom boʻlgan. Ular qukmdorga juda yaqin odamlar boʻlishgan. Mac: Saljuqiylar sultoni Malikshoh (1072—92)ning T.i — xorazmshohlar sulolasi asoschisi Anushtegin boʻlgan; Alouddin Muhammad oʻz T.i Ayozni malik darajasiga koʻtarib ixtiyoriga 10 ming otliq lashkar bergan. Ayozga yana jallodlik xizmatini ham berishgan. Jaloliddin Manguberdi ham T.i — Jamoliddin Farruhga malik unvonini bergan, u yana sultonning shaxsiy elchisi vazifasini bajargan.

Adabiyot

tahrir
  • Buniyodov 3., Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998.