Tashxis
Tashxis (arab. — shaxslantirish) — jonlantirish badiiy sanʼatining bir turi; turli narsalar, hayvonlar, qushlar, oʻsimliklar va boshqalarga insoniy xususiyatlarni koʻchirish sanʼati. T. ogʻzaki nutqda ham, badiiy asarlarda ham keng qoʻllanadi. T. badiiy tasvirning aniqroq, yorqinroq, boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbek folklori, mumtoz adabiyoti hamda hozirgi sheʼriy va nasriy asarlarda T.ning goʻzal namunalari uchraydi. Mas:Bahor elga ayshu manga iztirob, Kulub holima barq, yigʻlar sahob. Ushbu baytda barq (chaqmoq) va sahob (bulut) jonlantirilmoqda.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Hojiahmedov A., Mumtoz badiiyat malohati,T., 1999; Rahmonov V., Sheʼr sanʼatlari, T., 2001.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |