Tatyana Kim
Tatyana Vladimirovna Kim (1975-yil 16-oktabrda tugʻilgan) — rossiyalik tadbirkor, kiyim-kechak, poyabzal, uy-roʻzgʻor buyumlari va boshqa mahsulotlarning xalqaro onlayn-doʻkoni Wildberries asoschisi va bosh direktori. Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil avgust holatiga koʻra Tatyana Bakalchuk 13 milliard dollar boyligi bilan Rossiyadagi eng boy ayol edi[2]. 2022-yilda esa uning boyligi 2,1 milliard dollarga baholangan[2][3].
Tatyana Kim | |
---|---|
Tavalludi | 16-oktyabr 1975[1] |
Fuqaroligi | Rossiya |
Tarjimai holi
tahrirTatyana Kim 1975-yil 16-oktyabrda sovet koreyslari oilasida tugʻilgan. Uning onasi boshlangʻich maktab oʻqituvchisi, otasi esa muhandis edi. U Gazoprovod qishlogʻidagi maktabni bitirgan. 1997-yilda Kolomna pedagogika institutining chet tillar fakultetini tamomlagan. Oʻqishi davomida maktabda ishlab, repetitorlik bilan shugʻullangan. Tatyana dizaynerlik kasbini tanlamoqchi boʻlgan, biroq 1998-yildagi inqiroz sabab uning rejalari oʻzgaradi.
2000-yillarning boshlarida Bakalchuk boʻlajak turmush oʻrtogʻi Vladislav Bakalchuk bilan tanishadi. Vladislav maʼlumoti boʻyicha radiofizik va tadbirkor hamda „Utech“ internet provayderining asoschisi edi. 2004-yilda Tatyana farzandi tugʻilgandan soʻng, oʻz biznes gʻoyasini amalga oshirish haqida oʻylaydi hamda kiyim va poyafzallarning Internet savdosini amalga oshirishni boshlaydi. Erining kompaniyasi tarkibiga kiruvchi dizayn studiyasida veb-sayt yasatadi va mashhur Otto va Quelle kataloglaridan tovarlarni buyurtma qilar va ularni ustiga pul qoʻyib qayta sotardi.
Qiziqarli faktlar
tahrirQo'shiqchi Anita Tsoy Tatyananing qarindoshi hisoblanadi[4].
Wildberries saytining ilk versiyasini yaratishga 700$ sarflangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 „Татьяна Бакальчук“. 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-aprel.
- ↑ https://meduza.io/episodes/2021/08/30/semya-osnovatelnitsy-wildberries-tatyany-bakalchuk-samaya-bogataya-v-rossii-ob-ih-uspehe-mozhno-uslyshat-istoriyu-pohozhuyu-na-skazku-a-vot-chto-bylo-na-samom-dele
- ↑ 4,0 4,1 Максим Новиков. „История Татьяны Бакальчук и маркетплейса Вайлдберриз“ (2023-yil 7-aprel). Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |