Tatyana Malinina
Tatyana Valerievna Malinina (1973-yil 28-yanvarda tugʻilgan, Novosibirsk, SSSR) — yakkalik tartibida ishtirok etuvchi oʻzbekistonlik figurali uchuvchisi. Toʻrt qit’a chempionatining birinchi gʻolibi (1999), Gran-pri finali gʻolibi (1999), oʻn karra Oʻzbekiston chempioni (1993—2002), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000)[1].
Tatyana Valerievna Malinina | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud paytidagi ismi | Татьяна Валерьевна Малинина |
Tavallud sanasi |
28-yanvar 1973-yil Novosibirsk, Rossiya SFSR |
Sport | |
Qaysi sport | figurali uchish |
Medallar | |
Tarjimai hol
tahrirTatyana birinchi sportdagi qadamini oʻz otasi Valeriy bilan Novosibirskda figurali uchish boʻyicha shugʻullangan. U 1988-yilda Pervouralsk (Sverdlovsk viloyati) shahriga murabbiysi Igor Ksenofontov qoʻlida figurali uchish boʻyicha mahorat maktabini oʻrganadi. Tatyana ittifoq musobaqalarida ishtirok etib yuradi, SSSR parchalangach, Rossiya tomonidan qanashib turadi. U 1993-yildan Oʻzbekiston sharafini himoya qila boshlaydi. 1994-yildan u toʻpigʻidan ogʻir jarohat olib, bu jarohatdan keyin sogʻligʻini toʻliq tiklay oladi.
Tatyana Malinina 1998-yilning boshlarida Oʻzbekistonda elementar sharoit boʻlmagani tufayli (muz topish amrimahol edi) Pervouralskda shugʻullana boshlaydi. Xuddi shu yili Igor Ksenofontov boshchiligidagi Oʻzbekistonning bir guruh figurachilari Deyl-Sitida (Virjiniya, AQSH) yetib kelishadi. 1998—1999-yillarda Tatyana uchun muvaffaqiyatli mavsum boʻladi. U NHK Trophy (1998, Sapporo) Gran-pri turniri qismida, keyin final qismida (Sankt-Peterburg, 1999) gʻolibi boʻldi, unda ikki boʻlajak jahon chempionlari Mariya Butirskaya (1999) va Irina Sluskayalar (2002,2005) shohsupaning ikkinchi va uchinchi pogʻonasida qolib ketishadi. Xuddi shu mavsumda toʻrt qit’a chempionatining (Galifaks,1999) birinchi gʻolibi boʻldi, IV qishki Osiyo oʻyinlarida (Kanvondo, 1999) oltin medalni olishga muvaffaq boʻladi.
Tatyana murabbiysining vafotidan keyin turmush oʻrtogʻi Roman Skornyakov boshchiligida musobaqalarga tayyorgarlik koʻra boshladi. U Solt-Leyk-Sitidagi (2002) Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etayotganida qattiq shamollagani sababli qisqa dasturdan soʻng musobaqani tark etishga majbur boʻladi. Jahon chempionatidan soʻng 15-oʻrinni egallab, havaskorlik faoliyatini tugatadi.
Shahsiy hayoti
tahrirTatyana 2000-yilda Roman Skornyakovga (oʻzbekistonlik figurachi) turmushga chiqadi. Bu juftlikdan oʻgʻli Ilya (2004-yil tugʻilgan) va qizi Yelizavetalar (2015-yilda tugʻilgan) dunyoga kelgan. Tatyana sport faoliyatini tugatgach, turmush oʻrtogʻi Roman Sornyakov bilan birga figurali uchish boʻyicha Deyl-Sitida (AQSH, Virjiniya) murabbiylik qilishadi. Bugungi kunda bu juftliklar Reston shahrida (AQSH, Virjiniya) oʻz faoliyatlarini davom ettirishmoqda. Uning oʻgʻli Ilya oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni, oʻsmirlar oʻrtasidagi figurali uchish boʻyicha uch karra AQSH chempioni hisoblanadi. U 2022-yilda jahon chempionatida ilk marta ishtirok etib, 9-oʻrinni egallaydi.
Musobaqa | 1992–1993 | 1993–1994 | 1994–1995 | 1995–1996 | 1996–1997 | 1997–1998 | 1998–1999 | 1999–2000 | 2000–2001 | 2001–2002 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya o'yinlari | 8 | WD | ||||||||
Jahon chempionatlari | 37 | 21 | 22 | 13 | 17 | 14 | 4 | 18 | 13 | 15 |
To'rt qit'a chempionati | 1 | 7 | 4 | 10 | ||||||
Qishki Osiyo o'yinlari | 2 | 1 | ||||||||
O'zbekiston chempionati | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
Gran-pri finali | 1 | 5 | 6 | |||||||
Skate America | 5 | |||||||||
Sparkassen Cup | 4 | 3 | 6 | |||||||
NHK Trophy | 10 | 7 | 9 | 8 | 7 | 1 | 3 | 3 | 1 | |
Golden Spin of Zagreb | 1 |
Mabalar
tahrir- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер
Havolalar
tahrir- Tatiana Malinina
- Kubatko, Justin. „Tatiana Malinina Biography and Olympic Results“. Olympics at Sports-Reference.com. 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.