Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi – Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahridan 4& km uzoqlikda, Amudaryoning chap qirgʻogʻida qurilgan. Shahar va stansiya qurilishi 1956-yil boshlanib, styaning 12 MVt quvvatli birinchi agregati 1961-yil 10-sentyabrda ishga tushirilgan. Shu yili stansiyaning oʻrnatilgan quvvatlari 28 MVt birinchi navbati qurilishi nihoyasiga yetkazilgan. 1964-yilda uning 24 MVt quvvatli 2-navbati ishga tushirildi. 1969-yilda 200 MVt quvvatli 3-navbat, 1974-yilda 110 MVt quvvatli 4-navbati ishga tushirildi. 1980—1985-yillarda stansiyaning 1 va 2-navbatlari demontaj qilindi. 1990-yilda 420 MVt quvvatli 5 va 6-navbati tamomlandi va stansiyani kengaytirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Stansiyada oʻrnatilgan quvvatlar 730 MVt ni tashkil etadi. Quvvatlar 220, PO, 35 kV kuchlanishlarda uzatiladi. Oqar suv bilan taʼminlangan. Asosiy yoqilgʻisi tabiiy gaz, zaxira yoqilgʻisi mazut. 2003-yilda 2905 mln. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Stansiya Oʻzbekiston Respublikasining yagona energetika sistemasiga ulangan[1].
1991-yil oktyabr oyida chiqqan yongʻin natijasida IESning 200 ming kilovatt quvvatli 7-bloki ishdan chiqqan. Yettinchi blok bilan birga 8-blok ham vaqtincha oʻchirilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 8-jild (Solnoma — Toʻytepa). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 — 704-bet.
- ↑ „Тахиатош ГРЭСида ёнғин“. Oʻzbekiston ovozi gazetasi (1991-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |